A’zo davlatlarning doimiy vakillari qömitasi payşanba kuni keçqurun Bryusselda bölib ötgan YeI sammiti doirasida rejalarni bir ovozdan ma’qulladi. 

Ular banklarga nisbatan yangi çeklov çoralarini va qöşimça savdo çeklovlarini nazarda tutadi. Bu haqda dpa agentligi diplomatik manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Bundan oldin Buyuk Britaniya Rossiya va Eronga qarşi yangi «16 ta sanksiyadan iborat töplam»ni e’lon qilgandi. 

Çeklov çoralari Rossiya Qurolli kuçlari qömondonligining 12 nafar vakiliga, şuningdek, uçuvçisiz uçiş apparatlari işlab çiqariş va/yoki ularni Moskvaga yetkazib beriş bilan boğliq bölgan eronlik tadbirkorlar va amaldorlarga qarşi qaratilgan. 

Buyuk Britaniya hukumati bayonotida aytilişiça, general-mayor Robert Baranovga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan. U, Bellingcat ma’lumotlariga köra, Rossiya Qurolli kuçlarining asosiy hisoblaş markazini (AHM) boşqargan hamda xodimlari Ukrainadagi fuqarolik nişonlariga raketalarni yönaltirgan.