Xorijiy ekspertlar, Tadbirkorlik kodeksi loyihasini işlab çiqiş uçun şakllantirilgan işçi guruh a’zolari iştirok etgan uşbu seminarda tadbirkorlik sub’yektlarini kiçik, örta va yirik toifalarga ajratiş öziga xos xususiyatlari va tadbirkorlik sub’yektlari taşkiliy-huquqiy şakllari mavzulari atrofliça muhokama qilindi.

Bildirilişiça, Tadbirkorlik kodeksi loyihasini işlab çiqişga 3 yilga yaqin vaqt sarflandi. Loyihani işlab çiqişga nafaqat milliy ekspertlar, balki xalqaro ekspertlar ham jalb qilingan, hujjat 5 oydan ortiq jamoatçilik muhokamasidan ötkazilgan.

Tadbirkorlar takliflari, ularni qiynab kelayotgan tizimli muammolarni örganiş uçun respublika darajasida işçi guruhlar taşkil etilib, respublika barça hududlarida tadbirkorlar bilan kodeks loyihasi muhokama qilindi.

Jamoatçilik, tadbirkorlar va soha ekspertlari bilan ötkazilgan muhokamalar natijasida 1500 ga yaqin takliflar kelib tuşdi hamda loyihada korrupsiyaviy omillar mavjudligi, gender tenglikka ta’siri va boşqa masalalar böyiça ötkazilgan sörovnomalarda 1200 dan ortiq fuqaro iştirok etdi. Kelib tuşayotgan takliflar asosan, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, kredit ajratiş, tekşiruvlar, soliq sohasiga taalluqlidir.

Bugungi kunda uşbu takliflar asosida Tadbirkorlik kodeksi loyihasi mutaxassislar tomonidan maromiga yetkazilmoqda. Kodeksni işlab çiqişda asosiy urğu tadbirkorlik sohasida yagona yondaşuvni belgilaşga, tadbirkor huquqiy himoyasiga, byurokratiya va ma’muriy yukni, davlat organlari biznesga aralaşuvini keskin kamaytirişga hamda biznes vakillarini qöllab-quvvatlaşga qaratildi. 

Xususan:

  • tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvçi 16 ta asosiy tamoyillar, tadbirkorlik erkinligi, tadbirkorlar faoliyatiga davlat noqonuniy aralaşişiga yöl qöymaslik, tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari ustuvorligi belgilandi;
  • tadbirkorlik sub’yektlari kiçik, örta va yirik toifalarga ajratildi;
  • tadbirkorlar faoliyatidagi amaldagi tekşiruvlar soni ikki baravar qisqartirilib, kodeks bilan tekşiruvlar qat’iy röyxati belgilandi;
  • tadbirkorlikka davlat tomonidan aralaşuv keskin qisqartirilib, aniq çegaralari belgilandi.