Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari prezident Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yöllagan murojaatidagi nutqining lingvistik kontent-tahlilini ötkazdi. 

Natijada, tahlilçilar davlat rahbari nimalarga köproq e’tibor qaratayotganini aniqladi. 

Qayd etilişiça, murojaat 2 soat 25 daqiqa davom etdi. Şavkat Mirziyoyev öz nutqida 6 502 ta söz işlatdi. Eng uzun söz 15 harfdan iborat böldi, örtaça bitta söz 7 ta harfdan iborat edi. 

Davlat rahbari öz nutqida ta’lim va soğliqni saqlaş sifatini oşiriş, kiçik va örta biznesni rivojlantiriş, mahallani qöllab-quvvatlaş va ma’muriy sohada islohotlar ötkaziş zarurligiga alohida e’tibor qaratdi. 

Murojaatning asosiy mavzulari «ta’lim», «aholi», «maktab», «xalq», «investitsiya», «tadbirkorlik», «konstitutsiya», «mahalla» va «energetika» böldi. 

Prezidentning 2023 yil uçun murojaatida eng köp işlatilgan sözlar.

Jumladan, «ta’lim» sözi 25 marta, «maktab» sözi 23 marta, «şaxs» va «xalq» sözlari 22 martadan, «konstitutsiya» va «investitsiya» sözlari 20 martadan, «tadbirkor» sözi 19 marta va «mahalla» sözi 18 marta işlatildi. 

Iboralarni yönalişlar böyiça taqsimlaş.

Sözlarning yönalişlar böyiça taqsimlanişi tahlili şuni körsatdiki, asosiy e’tibor ta’lim-tarbiya sohasiga qaratildi. Şuningdek, ixçam va samarali davlat boşqaruvini taşkil etiş, tadbirkorlikni rivojlantiriş, energetika sohasini takomillaştiriş va sud-huquq tizimini isloh qiliş haqida ham köp gapirildi.