Oliy Majlis Senati 3-oktabr kungi yalpi majlisda “Qozoğiston Respublikasi, Qirğiz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, Özbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi örtasida abadiy yaxşi qöşniçilik, döstlik va hamkorlik töğrisidagi şartnomani (Ostona, 2025-yil 17-iyun) ratifikatsiya qiliş haqida”gi qonunni maʼqulladi.

Bu şartnoma “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati doirasida imzolangan birinçi köp tomonlama xalqaro şartnoma hisoblanib, Markaziy Osiyo davlatlari va XXR örtasidagi uzoq muddatli hamkorlikning huquqiy asoslarini belgilab beradi.

Şartnomada davlatlarning suveren tengligi, hududiy yaxlitligi, içki işlarga aralaşmaslik, kuç işlatmaslik va nizolarni tinç yöl bilan hal etiş tamoyillari asosida strategik şeriklik munosabatlarini rivojlantiriş nazarda tutilgan.

Şuningdek, hujjatda siyosiy muloqot mexanizmlarini kengaytiriş, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantiriş, transport-kommunikatsiya aloqalarini kuçaytiriş, energetika, sanoat kooperatsiyasi, raqamli texnologiyalar, “yaşil” taraqqiyot va gumanitar sohalardagi hamkorlikni çuqurlaştiriş belgilangan.

Senat xabarida aytilişiça, şartnomaning amalga oşirilişi Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temiryölini barpo etiş, transport yölaklarini rivojlantiriş, logistika infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, “Elektron Ipak yöli” savdo platformasini rivojlantiriş kabi muhim loyihalar uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.