Moskva şahar sudi Qoraçoy-Çerkesiya Respublikasining (QÇR) sobiq senatori Rauf Araşukov va uning otasi, «Gazprom Mejregiongaz» boş direktorining sobiq maslahatçisi Raul Araşukovni jinoiy hamjamiyat tuziş, qotillik va mablağlarni özlaştirişda aybdor deb topib, umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. 

Sönggi sözda Araşukovlar özlarining aybsizligini e’lon qildilar va suddan adolat söradilar.  

Tergov ma’lumotlariga köra, kiçik Araşukov 2010 yilda QÇR «Adige-Xase» yoşlar ijtimoiy harakati raisi örinbosari Aslan Jukov va respublika rahbari maslahatçisi Fral Şebzuxovni öldirişga buyurtma bergan. Tergov bu jinoyatlar uning otasi nomidan uyuştirilgan deb hisoblaydi, çunki bu ijtimoiy faollar katta Araşukov tomonidan taşkil etilgan jinoiy hamjamiyat faoliyatiga xalaqit berişi mumkin edi. 

Şuningdek, ayblovga köra, sobiq senator öz jinoyatlarini yaşiriş uçun huquq-tartibot idoralari xodimlariga ta’sir ötkazgan. Bundan taşqari, tergovda katta Araşukov jinoiy hamjamiyatni taşkil qilgani va 4,4 milliard rubldan ortiq gaz öğirlagani aniqlangan. 

Araşukovlar 2019 yilning yanvarida hibsga olingan edi. 

Davlat ayblovi ularning işi böyiça yana tört nafar sudlanuvçiga qattiq va umumiy rejimdagi koloniyalarda uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilişni söradi. Bular QÇR Tergov qömitasi bölimi boşliğining sobiq birinçi örinbosari Kazbek Bulatov, Içki işlar vazirligi Ekstremizmga qarşi kuraş respublika markazi sobiq boşliği Timur Betuganov, Tergov qömitasi boş boşqarmasi sobiq tergovçisi Andrey Filippov va «Gazprom Mejregiongaz» MÇJ filialining sobiq direktori Guzer Xaşukayev.