Rossiyaning Krasnoyarsk ölkasi, Voljskiy qişloğida ikki ayol şafqatsizlarça öldirilib ketildi. 

26 dekabr kuni xususiy turar joy binosida qotillik alomatlari bölgan 74 yoşli ayol va uning 47 yoşli qizining jasadi topilgan. Tergov ma’lumotlariga köra, qotillik ğarazgöylik maqsadida sodir etilgan va jinoiy iş qözğatilgan. Ayollarni öldirganlikda özbekistonlik migrant gumon qilinmoqda. 

Xavfsizlik kuçlari jinoyat sodir etişda gumon qilinuvçi şaxsni aniqlaş va uşlaşga qaratilgan protsessual harakatlar va tezkor tadbirlarni amalga oşirmoqda. 

Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasi raisi Aleksandr Bastrikin jinoyat işi tergovini şaxsan nazoratiga olgan.