Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi 28 dekabr kuni Starlink internet tizimi sun’iy yöldoşlari ikkinçi avlodining birinçi partiyasini koinotga uçirdi. Endi maxsus jihozlar xarid qilmasdan turib ularga bevosita smartfon orqali ulaniş mumkin böladi. 

Kompaniya veb-saytida ta’kidlanganidek, uşbu sun’iy yöldoşlar 3300 ta birinçi avlod sun’iy yöldoşlariga qaraganda ança kuçli. Ularga 5G tarmoğini qöllab-quvvatlaydigan oddiy smartfonlar va Tesla elektromobillari orqali ulaniş mumkin böladi. 

Starlink tarmoğining asosiy maqsadi - uyali aloqa tarmoği yetib bormagan joylardagi foydalanuvçilarni aloqa va internet bilan ta’minlaş. Birinçi bosqiçda Qöşma Ştatlar, Havayi, Alyaskaning bir qismi va Puerto-Riko qamrab olinadi. 

Starlink internet-tizim majmualari har qanday şaroitda va eng çekka hududlarda yuqori sifatli internetdan foydalaniş imkoniyatini beradi.