31 dekabr kuni Rossiya Ukraina hududiga navbatdagi raketa zarbalarini amalga oşirdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy navbatdagi raketa yomğiri fonida rossiyaliklarga rus tilida murojaat qildi.

«Bu gaplarimni rus tilida aytmoqçiman. Rossiyaliklar, siz olib borayotgan uruş propagandaçilaringiz aytayotgani kabi NATOga qarşi emas, bizga qarşi. Bu heç qanaqa tarixiy uruş emas, bir kişi oxirgi kunigaça hukumat tepasida qolişi uçun bölayotgan uruş.

Sizning yetakçingiz uning orqasida harbiylar turganini, özi esa oldinda ekanini körsatmoqçi bölmoqda. Lekin aslida u harbiylar, raketalar, öz saroylarining devorlari ortiga bekinmoqda.

U sizning ortingizga yaşirinib mamlakatingiz va kelajagingizni yoqmoqda. Bu terror uçun heç kim sizni keçirmaydi, Ukraina aslo keçirmaydi», dedi Zelenskiy doimgi keçki murojaati davomida rus tilida.