DXX xabariga köra, Bulunğur tumani hududidan ötuvçi “özbek-tojik” davlat çegarasi yaqinida noma’lum şaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 20 kg 3 gr “opiy” va 6 kg 5 gr “gaşiş” giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan DXX Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Qayd etilişiça, uşbu giyohvandlik vositalari egalarining şaxsiga aniqlik kiritiş böyiça zarur çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.












