Tergovçilar Rossiya oliy qömondonligining ikki vakili - Rossiya Qurolli kuçlari Aerokosmik kuçlarining uzoq masofali aviatsiyasi qömondoni, general-polkovnik Sergey Kobilaş va Rossiya HDF Qora dengiz flotining sobiq qömondoni, admiral Igor Osipov böyiça «yuqori sifatli» dalillar bazasini töplaşdi, deb xabar berdi "SBU" matbuot xizmati.

Har ikkisiga ham mamlakat Jinoyat kodeksining ikki moddasi - agressiv uruşga tayyorgarlik köriş va ötkaziş hamda Ukrainaning hududiy yaxlitligi va daxlsizligiga tajovuz qiliş böyiça iş oçilgan.

«Bular Ukrainaning mamlakatdagi fuqarolik obektlarini öqqa tutiş böyiça e’lon qilayotgan birinçi şubhalari», deyiladi xabarda. 

Uşbu moddalar böyiça eng yuqori jazo umrbod qamoq jazosidir.