«Vaziyat şunçaki boşi berk köçaga kirib qoldi. U umuman rivojlanayotgani yöq», deydi Budanov.

Noyabr oyida Ukraina qöşinlari Xersonni qaytarib olgandan söng, eng şiddatli janglar Donetsk oblasti şarqidagi Baxmut şahri atrofiga köçdi. Frontning boşqa qismlarida rus qöşinlari mudofaaga ötgan va butun 1000 kilometrlik front çiziği böylab Ukraina qöşinlarining quruqlikdagi operatsiyalari hujumkorligi ham qiş boşlanişi bilan sekinlaşdi.

Budanovning sözlariga köra, Rossiya «hozir töliq boşi berk köçaga kirib qolib», juda katta yöqotişlarga uçramoqda. Uning fikriça, Kreml armiyaga çaqiriluvçilarning navbatdagi safarbarligini e’lon qiladi.

«Ammo Ukraina kuçlarida ham köplab yönalişlarda oldinga siljiş uçun hali ham resurslar yetişmayapti», deya qöşimça qiladi razvedka rahbari.

«Biz barça yönalişlarda ularni töliq mağlub eta olmaymiz. Ular ham bizni mağlub etolmaydi. Biz qurollarning yangi partiyalari va yanada zamonaviyroq qurollar yetkazib berilişiga qattiq umid qilyapmiz», deydi Budanov.

Dekabr oyida, Rossiya armiyasining bir qator çekinişlaridan söng, Ukraina rasmiylari Rossiya armiyasining 2023 yil boşida Belarus hududidan qöqqisdan yangi quruqlik hujumi uyuştirişi ehtimoli haqida gapira boşladi.

Ukraina harbiylari fikriça, ruslar Kiyevni egallaşga ikkinçi urinişni amalga oşirişi mumkin. Buning uçun hozirda Rossiyada tayyorgarlikdan ötayotgan ön minglab zaxiradagi askarlar jalb qilinadi.

Biroq Budanovning fikriga köra esa, Rossiyaning Belarusdagi harakatlari, jumladan, u yerga askarlar va texnikalarni olib ötişi Ukraina qöşinlarining bir qismini janub va şarqdan şimolga köçişga majbur qilişdir.

Foto: Getty Images

Uning sözlariga köra, bir neça kun oldin Belarus-Ukraina çegarasi yaqinida rus askarlari bölgan poyezd töxtagan va bir neça soatdan keyin birorta ham odamni tuşirmay ortga qaytib ketgan.

«Ular buni kunduzi, oçiqçasiga, hamma körişi uçun qildi», deydi Budanov.

«Ayni damda men Kiyevga yoki Belarus bilan qöşni şimoliy hududlarga bostirib kirişga tayyorgarlikning heç qanday alomatlarini körmayapman», deya qöşimça qilgan u.

BBC naşrining Budanov bilan intervyusi uning Kiyevdagi xira yoritilgan ofisida, Rossiya prezidenti Vladimir Putin uç yildan ortiq vaqtdan söng ilk bor Minskka taşrif buyurganidan bir neça kun ötib bölib ötdi.

Şubhasiz, tez orada Putin Aleksandr Lukaşenkoni Belarus qöşinlarini Ukrainaga yuborişga köndiriş uçun Minskka borgani haqidagi taxminlar paydo böldi.

Rossiya qöşinlari allaqaçon Belarus hududidan Ukrainaga hujum qilgan (uruşning dastlabki haftalarida), ammo Budanov Belarus jamiyati uruşdagi endigi iştirokni qöllab-quvvatlamasligini aytadi va tahlilçilar Belarusning 48 ming kişilik armiyasining jangovar tayyorligini şubha ostiga oladi.

«Aynan şu sabab ham prezident Lukaşenko öz mamlakatiga kelişi mumkin bölgan falokatning oldini oliş uçun barça çoralarni körmoqda», deydi Ukraina harbiy razvedkasi boşliği.

Xerson qölga kiritilgandan söng, rus qöşinlari bilan eng oğir janglar Baxmut atrofiga köçdi. Şahar atrofidagi vaziyat Birinçi jahon uruşi xandaqlari bilan soliştirilayotgani bejiz emas. Baxmutning ruslar tomonidan egallanişi Ukraina ta’minot çiziqlarini uzib qöyadi va rus qöşinlari uçun Ukrainaning şarqdagi boşqa tayanç nuqtalari, jumladan Kramatorsk va Slovyanskka yöl oçadi.

Foto: Getty Images

Baxmutga hujumni «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi boşqarmoqda. Uning asosçisi Yevgeniy Prigojin uçun şaharning egallanişi siyosiy mukofot va Rossiya rahbariyatidagi yaşirin kuraşdagi yana bir ustunlik böladi.

Oktyabr oyi örtalaridan beri Rossiya Ukrainaga muntazam havo hujumi kampaniyasini ham olib bormoqda. Ular Ukrainaning muhim infratuzilmalariga raketa va dronlar orqali zarbalar berib, millionlab odamlarni elektr, issiqlik va suvsiz qoldirdi.

Budanovning fikriça, bu hujumlar hali davom etadi, ammo Rossiyaning raketa zaxiralari tugab boryapti va Rossiya sanoati ularning örnini tezda töldirişga qodir emas.

Rossiya qöşinlari Eron dronlaridan foydalanayotgan bölsa-da, Tehron Ğarb davlatlarining yangi sanksiyalari xavfi ostida Moskvaga kuçliroq qurollar, xususan, raketalar yetkazib berişdan boş tortmoqda.

Budanov frontdagi vaziyat boşi berk köçaga kirib qolganiga qaramay, oxir-oqibat Ukraina barça bosib olingan hududlarni, jumladan Qrimni ham qaytarib olişiga va sovet ittifoqi parçalanganidan keyin mustaqillik e’lon qilinişi bilan örnatilgan 1991 yilgi çegaralariga qaytişiga işonçi komil.