Rossiya Qurolli kuçlari Harbiy-kosmik kuçlarining aviatsiya komponenti mamlakatga yetib keldi, deb ma’lum qildi Minsk. 

Taktik parvoz maşğulotlariga Belarus Qurolli kuçlari Harbiy-havo kuçlari va Havo hujumidan mudofaa kuçlarining barça aerodromlari va poligonlari jalb etiladi, deya qöşimça qildi Mudofaa vazirligi.

Bundan oldin belaruslik muxolif siyosatçi Pavel Latuşko Belarus hukumati yaqin vaqt içida Ukrainaga qarşi uruşda Rossiyaga faol harbiy yordam körsatiş uçun safarbarlikni boşlaşi mumkin ekanini aytgandi.  

Latuşkoning sözlariga köra, safarbarlik uçun deyarli hamma narsa tayyor, Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko Kremldan kelgan buyruq bilan tugmaçani bosişi kifoya.

Pavel Latuşko Minskdagi manbalarga tayanib, Belarus içki işlar organlari xodimlarining aksariyati pasportlarini topşirişga majbur bölganini ma’lum qildi. Bunday ma’lumotlar mamlakatning turli şaharlaridan kelgan. «Bu ular safarbarlik bölgan taqdirda mamlakatni tark eta olmasligini bildiradi», deb tuşuntirdi muxolifatçi. 

Bundan taşqari, uning qöşimça qilişiça, Belarusda rus askarlari soni ham, Rossiyaning harbiy texnikasi ham köpaymoqda va maşğulotlar muntazam ravişda Rossiya qöşinlari tomonidan alohida va Belarus bölinmalari bilan birgalikda ötkazilmoqda.