Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu prezident Vladimir Putinning qöşinlar sonini 1,15 milliondan 1,5 million kişiga oşiriş haqidagi buyruğini bajariş maqsadida qurolli kuçlarda katta islohotlar ötkazilişini ma’lum qildi. «Faqat Qurolli kuçlarning asosiy tarkibiy qismlarini kuçaytiriş orqali davlatning harbiy xavfsizligini ta’minlaş, Rossiyaning yangi sub’yektlari va muhim obektlarini himoya qiliş mumkin», dedi Şoygu 17 yanvar, seşanba kuni öz örinbosarlari, harbiy qömondonlar bilan uçraşuvda. 

Sergey Şoyguning sözlariga köra, qurolli kuçlarning ikkita yangi öziga xos strategik hududiy birlaşmalari – Moskva va Leningrad harbiy okruglarini taşkil etişga qaror qilingan. Ukrainaning annexia qilingan hududlarida «özini-özi ta’minlovçi qöşinlar guruhlari»ni şakllantiriş ham közda tutilgan.

Vazirning aniqlik kiritişiça, «Kareliyada armiya korpusini, quruqlikdagi qöşinlar tarkibida uçta motoöqçilar diviziyasini va havo-desant qöşinlarida ikkita desant diviziyasini şakllantiriş, Ğarbiy, Markaziy, Şarqiy harbiy okruglarda va Şimoliy flotda yettita motoöqçilar diviziyasini qayta taşkil etiş zarur». Harbiy-dengiz floti, Aerokosmik kuçlar va Strategik raketa kuçlarining jangovar tarkibi kuçaytiriladi.

Sergey Şoyguning aytişiça, 2023-2026 yillar davomida qurolli kuçlar tarkibida keng kölamli özgarişlar, ularning sonini köpaytiriş va Rossiya harbiy-ma’muriy bölinişini özgartiriş amalga oşiriladi. Şartnoma asosidagi harbiy xizmatçilar tomonidan qöşinlar yollanişiga alohida e’tibor qaratiladi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Qurolli kuçlari soni oşirilişini Ğarb Moskvaga qarşi olib borayotgan «proksi-uruş» bilan izohladi. Mutaxassislar Rossiyaning harakatlarini Şvetsiya va Finlandiyaning NATOga kirişi rejalaştirilganiga javob sifatida baholamoqda.

Rossiya armiyasining islohoti Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi fonida amalga oşirilmoqda, Ukraina Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, unda allaqaçon deyarli 117 ming rossiyalik harbiy halok bölgan. Ukraina Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuçlarining yöqotişlari haqidagi ma’lumotlarni oşkor qilmayapti. Rossiya Mudofaa vazirligi kuzda 6000 rossiyalik askar halok bölganini tasdiqladi. Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Mixail Podolyak dekabr oyi oxirida uruş boşlanganidan beri 10 mingdan 13 minggaça ukrainalik askar halok bölganini aytdi.