Ğarb Markaziy Osiyo davlatlariga bosim ötkazib, Moskvaga qarşi sanksiyalarga qöşilişini talab qilmoqda. Bu haqda Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozdi Lenta.
Vazirning sözlariga köra, Yevropa Ittifoqi, AQŞ va Yaponiya Markaziy Osiyo davlatlaridan Moskva bilan hamkorlikdan boş tortişni talab qilmoqda, çunki ularning fikriça, «Rossiya Ğarb bilan uruşda yutqazadi». Şu sababli ular «ğolib tomonga»ga oldindan ötib olişni taklif qilmoqda.
«Bunday oğzaki ta’sirlardan taşqari, tahdidlar bilan jiddiy bosim qilinmoqda: siz bizning bozorlarimizni va mamlakatingizga kiritmoqçi bölgan sarmoyalarimizni yöqotasiz, Rossiyaga sanksiyalarni çetlab ötişga yordam berişga jur’at etmang», dedi diplomat.
Lavrovning qayd etişiça, Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlari bunday tahdidlarni hisobga olişga majbur.
«Biz har bir döstona davlatdan: «Biz aksilrossiya sanksiyalariga qarşimiz», deyişni talab qilmaymiz. Bizga ularning sanksiyalarga qöşilmaganining özi kifoya», deb ta’kidladi Taşqi işlar vaziri.
Vazir Rossiya tomoni döstona hamkorlar bilan birgalikda «ğarb hamkasblarining injiqligiga boğliq bölmagan hamkorlikning yangi mexanizmlari va yangi vositalarini muvaffaqiyatli işlab çiqayotgani va topayotgani»ga e’tibor qaratdi.












