Turkiya Milliy mudofaa vazirligi Boku va Ozarboyjonning boşqa şaharlarida 1990 yil yanvar voqealari qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

«Biz unutganimiz yöq va unutmaymiz! Biz qardoş Ozarboyjonda 1990 yil 20 yanvar voqealarida halok bölgan birodarlar xotirasini hurmat qilamiz. «Bir millat, ikki davlat» tamoyilidan kelib çiqib, biz ozarboyjonlik birodarlar bilan yonma-yon turişda davom etamiz», deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.

1990 yil 20 yanvar kuni Ozarboyjon mustaqilligi va hududiy yaxlitligi uçun kuraşda qahramonlik sahifasi sifatida tarixga kirdi. 19 yanvardan 20 yanvarga ötar keçasi Sovet qöşinlari Boku va Ozarboyjonning boşqa viloyatlaridagi norozilik namoyişlarini bostiriş uçun harbiy qismlarni kiritdi. Mojarolar oqibatida 147 kişi halok böldi, 744 kişi jarohat olgan edi. Voqealar «Qonli yanvar» nomini oldi.