20 yanvar kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida maktablarda xorijiy tillar va kasb örgatiş tizimini rivojlantiriş masalalari böyiça kengaytirilgan yiğiliş ötkazildi.
Unda xorijiy tillarni öqitiş sifatini oşiriş va öquvçilarni kasbga yönaltiriş masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilişiça, Özbekistonda 11 yil maktabda öqigan bola çet tilini mukammal bilmaydi. Şaroit va mutaxassislar yöqligi sababli yoşlarni kasblarga qiziqtiriş muhiti şakllanmagan. Maktab bitiruvçilarining 50 foizi mehnat bozoriga heç qanday kasbga ega bölmasdan kirib kelmoqda.
«Maktabdan kasb va tilni bilib çiqqan bola jamiyatimizning katta yutuği, bilmagani muammo», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Yiğilişda tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib çiqib, öquvçilar maktabning özida 64 xil işçi kasblarga örgatilişi taklif etildi. Şu bois hokimliklarga tanlab olingan maktablarda kasb-hunar ustaxonalari taşkil etiş, ularni jihozlaş va zarur aşyolar bilan ta’minlaş vazifasi qöyildi. Bunga yoşlar yetakçilari va tadbirkorlar ham jalb etilişi, Yoşlar jamğarmasidan mablağlar yönaltirilişi belgilandi.
«Hozir tadbirkorlar, işlab çiqaruvçilarni şu masala qiynayapti: böş iş joyi köp, oyligi ham yaxşi, lekin öquvi va könikmasi bor işçi yöq. Agar bu tizim töğri taşkil qilinsa, bizdagi demografik ösiş bilan katta natijalarga erişsa böladi», dedi davlat rahbari.
Şuningdek, öquvçilarni axborot texnologiyalari va «kreativ industriya» böyiça zamonaviy kasblarga örgatiş muhimligi ta’kidlandi.
Çet tillarini sifatli örgatiş uçun maktablarga «til egasi» bölgan pedagoglar jalb qiliş, Prezident maktablarining til örgatiş tajribasi, darslik va dasturlarini tatbiq etiş böyiça körsatmalar berildi.














