Qirğiziston, Özbekiston, Qozoğiston va Rossiya ombudsmanlari hamkorligida fuqarolar qabuli taşkil etiladi. Bu haqda Qirğiziston Respublikasi Akyikatçi instituti matbuot xizmatiga tayanib, 24.kg xabar berdi.
Xabarga köra, Rossiya, Qozoğiston, Özbekiston, Qirğiziston va Moldova ombudsmanlari bilan hamkorlik memorandumi imzolangan.
Ombudsmanlar öz mamlakatlari fuqarolarining huquq va erkinliklari buzilganligi ma’lum bölgan holatlar töğrisida bir-birini xabardor qiladilar, öz vakolatlari doirasida inson huquqlarini tiklaşga hissa qöşadilar.
2023 yilda ombudsmanlar quyidagi tadbirlarni rejalaştirmoqda:
- huquqlari çeklangan yoki buzilgan fuqarolarni birgalikda qabul qiliş;
- fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilişini monitoring qiliş;
- iş, ta’lim, davolaniş va boşqa maqsadlarda öz davlatlaridan taşqariga çiqayotgan fuqarolar uçun qöşma axborot kampaniyalari;
- inson va fuqaroning huquq va erkinliklari sohasidagi eng dolzarb qiyinçiliklarni birgalikda muhokama qiliş.
Hamkorlik doirasida tomonlar migrantlarni qöllab-quvvatlaş, şuningdek, öz mamlakatidan taşqarida ovoz beradigan fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlaş böyiça tajriba almaşişga kelişib oldilar.











