Fransiya va Germaniya Barselona va Marsel örtasida qurilişi rejalaştirilgan vodorod quvurini Germaniyagaça uzaytirmoqçi. Bu haqda 22 yanvar, yakşanba kuni Yelisey şartnomasining 60 yilligi munosabati bilan imzolangan ikki davlatning qöşma deklaratsiyasida aytiladi.

Hujjatda qayd etilganidek, mamlakatlar vodorodni butun Yevropaga taşiş uçun «Yevropa vodorod magistrali»ni yaratiş niyatida. «Bu zarur milliy va transçegaraviy vodorod infratuzilmasini, xususan, mavjud va rejalaştirilgan infratuzilmalarni kengaytiriş va ulaşni, şu jumladan manfaatdor şeriklar bilan kelişilgan holda H2Med quvurini Germaniyaga uzaytirişni öz içiga oladi», deyiladi deklaratsiyada.

«Biz H2Med quvuri loyihasini kengaytirişga qaror qildik, u Yevropa moliyalaşi tufayli Ispaniya, Portugaliya va Fransiyani Germaniya bilan boğlaydi, bu loyiha infratuzilmasi böyiça hamkorga aylanadi», — dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron.

Ikkala davlat ham aprel oyi oxirigaça «strategik qarorlar» qabul qiliş uçun vodorod böyiça vazirlar darajasidagi «yuqori darajadagi işçi guruh» tuzmoqçi. AFP agentligi ma’lumotlariga köra, Germaniya va Fransiya vodorod işlab çiqariş usuli haqida qaror qabul qilişlari kerak.

Germaniya qayta tiklanadigan energiya manbalari yordamida işlab çiqarilgan «yaşil vodorod»dan foydalanişni talab qilmoqda. Fransiya, öz navbatida, yadro energiyasidan foydalangan holda işlab çiqariladigan «qizil vodorod»ni afzal köradi, deb yozadi AFP.

Quvur loyihasiga köra, uning işga tuşirilişi 2030 yilda amalga oşirilişi kerak. U orqali yiliga ikki million tonnaga yaqin vodorod taşilişi rejalaştirilgan. Loyihani kengaytirişdan oldingi umumiy qiymati taxminan 2,5 milliard yevroga baholangan.

2030 yilda Yevropa Ittifoqi ön million tonnaga yaqin «yaşil» vodorod işlab çiqariş va şu miqdorni import qiliş niyatida, dedi avvalroq Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen. Buning uçun Pireney yarimorolidan quvur kabi transport imkoniyatlari zarur, dedi u.