Yunusoboddagi quvur yorilişi oqibatida 80-85 ming kub metr miqdoridagi içimlik suvi yöqotilgan. Bu haqda “Özsuvta’minot” AJ rahbariyati iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida jamiyat bölim boşliği Asiljon Muhiddinov Kun.uz jurnalistining söroviga javoban ma’lum qildi.
Unga köra, nosozlik 1970-1975 yillarda tortilgan suv quvurlarining bugungi kunda ta’mirtalab ahvolga kelgani va öşa tarmoqda ortiqça bosim paydo bölgani oqibatida kuzatilgan. Birlamçi hisob-kitoblarga köra, nosozlik jarayonida 80-85 ming kub metr miqdoridagi içimlik suvi yöqotilgan. Bu Toşkent şahriga bir kunda uzatilayotgan içimlik suvining 3,2 foizini taşkil qiladi.
“Agar biz tarmoqlarni raqamlaştirib, ularning bosimini onlayn boşqaradigan uskuna va jihozlarini örnatmas ekanmiz, tarmoqning qaysidir nuqtasida avariya sodir bölişini oldindan bila olmaymiz. Mana şu işlarni amalga oşirsak, tarmoqni töliq nazorat qiliş va nosozliklarning oldini oliş imkoniga ega bölamiz”, degan Asiljon Muhiddinov.
“Özsuvta’minot” AJ boşqaruvi rais örinbosari Xurşid Rahmatullayevning ma’lum qilişiça, avariya diametri 1200 millimetrli quvurning 800 mm bölgan quvurga ulangan qismida sodir bölgan.
“Uşbu hodisada yöqotilgan içimlik suvi zarari aholi yoki öşa hududdagi iste’molçilar böyniga hisoblanmaydi. Texnik yöqotişlar avvaldan közda tutiladi. Agar yil davomida [yöqotişlar] 17 foizdan oşadigan bölsa, quvur egasi, ya’ni bizning taşkilot zarari hisoblanadi, tabiiy yöqotiş, degan mazmunda zarar qoplanadi. Bu heç qanaqasiga iste’molçilar böyniga tuşmaydi” degan jamiyat boşqaruv raisi örinbosari.
Eslatib ötamiz, 3 iyul kuni poytaxtning Yunusobod tumanida joylaşgan katta suv ötkazgiç tarmoğida nosozlik vujudga kelgani ortidan köçalarni suv bosgandi.







