Prezident Şavkat Mirziyoyev 23 yanvar kuni paxta yetiştirişni qöllab-quvvatlaş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi.
Rasmiy relizga köra, bugungi kungaça paxta-töqimaçilik klasterlari tomonidan sohaga 5 milliard 300 million dollar investitsiya kiritilgan, ularga 3 milliard dollar imtiyozli kreditlar ajratilgan. Klasterlar tomonidan 4 milliard dollarlik 265 ta loyiha işga tuşirilib, 300 mingta yangi iş örni yaratilgan. Natijada paxta hosildorligi 30 foizga oşib, 26 sentnerdan 34 sentnerga yetdi.
Lekin joylarda klaster va fermerlarni qiynayotgan muammolar ham bor. Jumladan, qöşilgan qiymat soliğini öz vaqtida tölamaganligi sababli fermer xöjaliklarida penya qarzdorligi vujudga kelgan.

7 mingta fermer paxta maydonlarini nasoslar orqali suğorişga majbur bölayotir. Fyuçers şartnomalari tuzişning oxirgi muddati belgilanmagan, şartnomalarni röyxatga oliş böyiça şaffof tizim yöq.
Yiğilişda sohadagi şu kabi muammolar muhokama qilinib, zarur çoralar belgilandi.
Xususan, paxta maydonlarini nasos bilan suğoriş uçun ketgan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizi qoplab berilişi qayd etildi.
Ötgan yili içki bozorda mineral öğit narxi örtaça 50 foizga oşib, tanqislik yuzaga kelgan edi. Şu bois mineral öğitlarga bojxona imtiyozlarini yana 3 yilga uzaytiriş taklifi bildirildi.
Mutasaddilarga klaster va fermerlar örtasidagi şartnomalarni tartibga soliş hamda hisob-kitoblarni joyiga qöyiş, paxta va ğalla yetiştirişni muvofiqlaştirib boriş böyiça körsatmalar berildi. Qöşilgan qiymat soliğini öz vaqtida tölamaganlik uçun fermer xöjaliklariga hisoblangan penyalar, istisno tariqasida, hisobdan çiqarilişi belgilandi.

Fyuçers şartnomalarini soliq organlarining elektron axborot tizimida röyxatdan ötkaziş hamda Qişloq xöjaligi vazirligining “Agroplatforma” axborot tizimiga integratsiya qiliş vazifasi qöyildi. Şuningdek, endi Nyu-York birjasining örtaça oylik fyuçers kotirovkalari tahlili Qişloq xöjaligi vazirligi veb-saytida e’lon qilib boriladi.
Paxtaçilik yönalişidagi ilmiy institutlarni işga solib, çet ellarda qöllanilayotgan unumdor va kam suv talab qiluvçi navlarni mahalliylaştiriş zarurligi ta’kidlandi.
Yiğilişda, umuman, qişloq xöjaligidagi joriy yilgi vazifalarga ham töxtalib ötildi.
Jumladan, 400 million dollarlik 600 ta loyiha işga tuşirilişi, qöşimça 185 ming tonna saqlaş va qayta işlaş quvvatlari hamda 33 ta tumanda agroxizmat markazlari taşkil etilişi aytildi.
Ipakçilik sanoatida 3 trillion sömlikdan ziyod mahsulot tayyorlanib, qariyb 110 million dollarlik eksport qilinmoqda. Lekin bu tarmoqda salohiyat yanada katta. Şu bois Ipakçilik va jun sanoatini rivojlantiriş qömitasiga bu yil 26 ming tonna pilla, 1,3 million dona qoraköl terisi va 40 ming tonna jun işlab çiqariş vazifasi qöyildi.
300 ming gektarda suv tejovçi texnologiyalar örnatiş, 200 ming gektar yerni lazerli tekislaş rejalaştirilgan. 100 ming gektar ekin yerlarini taqsimlab, 2 milliondan ziyod aholining bandligini ta’minlaş ham muhim vazifalardan. Bu asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetarli bölib, bozorlarda narx-navo barqaror bölişida ham ahamiyatga ega.
Şuningdek, yurtimizda oziq-ovqat sanoatida oliy va örta böğin mutaxassislariga ehtiyoj katta. Şuning uçun xorijiy davlatlar tajribasi asosida bu sohada yangi institut taşkil etiş taklifi ma’qullandi.













