"Bizda 22 ta Leopard 2A4 maşinalari bor, ularni foydalanişga tayyor holatga keltirib, Ukrainaga topşirişimiz mumkin, - deb ma’lum qildi kompaniya vakili Redaktionsnetzwerk Deutschland naşrlari guruhiga. - Ularni tartibga soliş uçun bir yildan sal kamroq vaqt ketadi. Yetkazib beriş 2023 yil oxiri – 2024 yil boşida amalga oşişi mumkin". 

Bundan taşqari, konsern vakilining sözlariga köra, 2023 yilning aprel-may oylarida bölib ötadigan loyihalar uçun 29 ta Leopard 2A4 tanklari tayyorlanadi. 

Leopard 1 tanklari böyiça esa, Rheinmetall uşbu transport vositalarining 88 tasini taqdim eta oladi.

Germaniya harbiy sanoati Ukrainaga jangovar tanklarni yetkazib berişga tayyorlanmoqda, deb yozgandi Handelsblatt sanoatdagi manbalarga tayanib. 

Germaniyaning Leopard 2 tanklaridan taşqari, avvalgi rusumdagi Leopard 1 tanklari ham Kiyevga ötkazilişi mumkin. Bu yil Germaniyaning Rheinmetall mudofaa konserni uşbu tanklardan 20 tasini, yana 80 tasini esa 20 oy içida ta’mirlab, qayta jihozlaşi mumkin. 

Bu Bundesverning öz zaxiralarini kamaytirmasdan tanklarni Kiyevga ötkaziş imkonini beradi, deb yozadi gazeta. 

Bundan taşqari, Rheinmetall Ummondan Britaniyaning Challenger-1 tanklarini sotib olişga va modernizatsiya qilişga tayyor, deya xabar beradi Handelsblatt manbalari.