Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rheinmetall rahbari 2026 yilda Ukrainada tinchlik bo‘lishini kutmayapti
Rheinmetall bosh direktori Armin Papperger 2026 yilda Ukrainada urush tugashini kutmayapti. Uning bahosiga ko‘ra, Rossiya bunga qiziqmaydi. Urush fonida qurol ishlab chiqaruvchi konsernning tushumi bir yilda 47 foizga oshdi.
Nemis mudofaa konserni Rheinmetall bosh direktori Armin Papperger Ukrainadagi urush 2026 yilda ham tugamaydi, deb hisoblaydi. U bu fikrni berlindagi Table.Today platformasining podkastida aytgan, podkast 16 fevral, dushanba kuni e’lon qilingan.
Papperger o‘z pozitsiyasini “Rossiya urushni tugatishdan manfaatdor emas”, degan dalil bilan izohladi. Shu munosabat bilan u Ukrainaga keyingi yordam zarurligini ta’kidlab, kompaniyasi Kiyevga qo‘shimcha harbiy texnika yetkazib berishga tayyor ekanini bildirdi.
“Biz ko‘p sohalarda yordam bera olamiz. Ayni paytda biz shartnomalarda ko‘zda tutilgan hajmdan ham ko‘proq o‘q-dorilar ishlab chiqaryapmiz”, — dedi Papperger. U shuni ham qo‘shimcha qildi: “Ayrim joylarda bu ishlab chiqarish uchun moliyalashtirish hali ta’minlanmagan”. Rheinmetall rahbarining aytishicha, konsern Ukrainaga yanada ko‘proq “HHM qurollari, o‘q-dorilar va hatto ko‘proq tanklar” yetkazib berishga tayyor.
Stokholm xalqaro tinchlik muammolarini o‘rganish instituti (SIPRI) hisobotiga ko‘ra, 2024 yil yakunlari bo‘yicha dunyodagi eng yirik 100 ta mudofaa kompaniyasining qurol-yarog‘ va harbiy xizmatlar sotuvidan tushgan daromadi 5,9 foizga o‘sib, rekord daraja — 679 mlrd dollarga yetgan. Mualliflar buni, jumladan, Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan urushi bilan ham izohlaydi.
Germaniyadagi qurol ishlab chiqaruvchilar 2024 yilda tushum o‘sishi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlardan birini namoyon qildi — 36 foizga. Bu ko‘rsatkich Yaponiyada tezroq o‘sgan — 40 foizga. To‘rtta nemis kompaniyasi jahonning top-100 ro‘yxatiga kirgan bo‘lib, ular orasida yetakchi aynan Rheinmetall bo‘ldi. Harbiy savdolardan tushgan 8,2 mlrd yevro tushum (bir yilda +47 foiz) bilan u umumiy ro‘yxatda 20-o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026