Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi, yangi buyruq loyihasiga köra, «köngilli tuzilmalar»ni qurol-yaroğ, jihozlar, kiyim-keçak, oziq-ovqat bilan ta’minlaş, şuningdek, ularning a’zolariga tibbiy yordam körsatişni öz zimmasiga oladi.
Şu bilan birga, uşbu buyruqning bajarilişi «federal budjetdan qöşimça budjet mablağlarini ajratişni talab qilmaydi», deyiladi tuşuntiriş xatida.
Huquqiy axborot portalida taqdim etilgan ma’lumotga qaraganda, oktabr oyining oxirida Davlat dumasi «köngilli tuzilmalar» töğrisidagi qonun loyihasini qabul qildi.
Unda bunday tuzilmalar prezident farmoni bilan Mudofaa vazirligi tomonidan tuzilişi mumkinligi belgilandi.
Köngillilarning maqomi, ularning huquqlari va moliyaviy ta’minoti şartnoma böyiça xodimlarning pozitsiyasiga mos keladi.












