Rossiya Ukrainada yangi yirik hujumga tayyorlanmoqda, uni yaqin kelajakda kutiş mumkin. Bu haqda 3 fevral, juma kuni «Novaya gazeta. Yevropa» özi suhbatlaşgan ekspertlar, şuningdek, Rossiya qöşinlari guruhining Ukrainadagi ştabida bölgan manbaga tayanib xabar berdi. Uning sözlariga köra, generallar oliy harbiy-siyosiy rahbariyatning injiqligini qondiriş uçun «ön minglab rossiyalik harbiy xizmatçilarni işga solişga» tayyor.
Yangi hujumning heç qanday aniq xavfi hisobga olinmayapti, dedi manba. «Ukrainaliklar bizning barça harakatlarimiz haqida Ğarb razvedka idoralaridan mutlaqo aniq ma’lumotlarni olişadi», dedi u. Bunday şaroitda, deya ta’kidladi ştab zobiti, «ma’lum bir hududda HIMARS va uzoq masofali artilleriya zarbalariga ta’sir qilmasdan turib, yetarli miqdordagi kuçlarni töplaş mumkin emas».
Manbaga köra, bölajak hujumning yana bir muammosi nafaqat yangi hududlar va şaharlarni egallaş qiyinçiliklari, balki ularni keyinçalik saqlab qoliş bilan ham boğliq. Hujum paytida frontning muqarrar ravişda çözilişi bilan öq-dorilar va hatto oziq-ovqat yetkazib berişda qiyinçiliklar paydo böladi. «Hujumlar natijasida aholi punktlari örniga bizdan nafratlangan aholi va uy xarobalari manzarasiga ega bölamiz. Bosib olingan hududlarda duşmanning qöporuvçilik va razvedka guruhlari harakat qilmoqda. Katta yöqotişlar evaziga», - dedi Rossiya harbiylari.
«Novaya Gazeta. Yevropa» suhbatdoşi na operatsiya boşlaniş vaqtini, na Rossiya qaysi yönalişda hujum qilmoqçi ekanligini aniqlaştirmadi. Naşr suhbatlaşgan ekspertlarning fikriça, rus qöşinlari front çiziğini Donbass va Qrimning annexia qilingan qismidan uzoqlaştirişga, Zaporijjya viloyatida yoki Belarus hududidan Volin tomon hujum uyuştirişga urinişi mumkin.
Ukrainalik harbiy ekspert Roman Svitanning fikriça, Rossiyada 23 fevralda nişonlanadigan Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan Rossiya armiyasi bir qança aholi punktlarini – Ugledar, Avdiyivka, Marinka yoki Baxmutni egallab olişga urinib, ön minglab öz harbiylarning hayotiga zomin bölişi mumkin. «Bu oliy boş qömondonga sovğa qiliş uçun kerak», dedi Svitan. Uning sözlariga köra, «Rossiya armiyasi ob-havo şaroiti va landşaft xususiyatlariga emas, balki sanalar va aholi punktlariga tayangan holda jang qilmoqda». Misol uçun, ruslar Soledarni faqat öz askarlarining jasadlarini u yerda töldirib taşlaş orqali egallaşga muvaffaq bölişdi. «Bu rahbariyatga heç bölmaganda qandaydir ğalabani taqdim etiş uçun qilingan», - deydi ekspert.
Roman Svitanning fikriça, Ukraina Qurolli kuçlari nafaqat Rossiya hujumini qaytarişga, balki muvaffaqiyatli qarşi hujumni boşlaşga qodir. Buning uçun kuçlar, uning bahosiga köra, yetarli bölişi kerak. Lend-liz dasturi böyiça Ukrainaga oğir texnika - tanklar, piyodalar jangovar maşinalari, artilleriya va köplab raketa tizimlari kirib kelayotganida, Kiyev Azov dengizi qirğoqlari tomon hujum operatsiyalarini boşlaşi mumkin böladi. Bu bir vaqtning özida ikkita rus fronti - Zaporijjya va Xersonni yöq qilişga olib kelişi mumkin, deydi ekspert.













