Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanida tört nafar şaxs tijorat banklaridan biriga tegişli, içida 720 mln söm bölgan bankomatni öğirlab ketişgan.
Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2023 yil 25 yanvar kuni sodir bölgan.
Ma’lum qilinişiça, fuqarolardan biri IIBga Kattaqörğon tumani “A.Navoiy” MFYda örnatilgan bankomat şoxobçasidan noma’lum şaxslar bir dona bankomat qurilmasi içida bölgan 720 million söm miqdordagi pullari bilan öğirlab ketilganini bildirgan.
Olib borilgan tezkor suriştiruv davomida Kattaqörğon tuman Tavaron mahallasi hududidagi taşlandiq joydan öğirlangan bankomat apparati bölaklarga bölingan holda topilgan.
Uşbu jinoyatni sodir etgan şaxslarni aniqlaş va ularni qidirib topiş böyiça olib borilgan suriştiruvlarda mazkur jinoyatni tört nafar şaxs sodir etgani aniqlangan.
Qayd etilişiça, hozirda jinoyatçilar qölga olinib, ularga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












