Xalqaro hamjamiyat Turkiya va Suriyaga har ikki davlatda yuzlab odamlarning hayotiga zomin bölgan kuçli zilziladan keyin yordam taklif qilmoqda. Gretsiya rasmiylari, Afina va Anqara örtasidagi ikki tomonlama munosabatlardagi jiddiy keskinliklarga qaramay, zilzila sodir bölgan hududga qutqaruv guruhlarini jönatişga tayyorligini ma’lum qildi. «Gretsiya zudlik bilan yordam beradi», dedi 6 fevral, duşanba kuni boş vazir Kiriakos Mitsotakis. Gretsiyada seysmik hududlarda katta tajribaga ega EMAK qutqaruv guruhlari mavjud.
Bryussel ham zilziladan keyin qutqaruv işlariga yordam berişga tayyorligini bildirdi. «Xayolimiz - Turkiya va Suriya xalqlari bilan. Yevropa Ittifoqi yordam berişga tayyor», deb yozdi Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel Twitter’da.
Isroil hukumati Turkiyaga insonparvarlik yordami yuboradi. Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant öz idorasi va armiyaga zarur tayyorgarlik çoralarini körişni topşirdi. Isroilning favqulodda vaziyatlar bilan şuğullaniş tajribasi borligini ta’kidlagan Galant: «Xavfsizlik kuçlarimiz kerak bölgan har qanday yordamni berişga tayyor» dedi. Isroil qutqaruv xizmati - Zaka qutqaruv guruhini yuborişga tayyorlanmoqda. Isroil taşqi işlar vaziri Eli Koen köp sonli halok bölganlar va jarohatlanganlar munosabati bilan Turkiyaga hamdardlik bildirdi va vazirligining yordamini va’da qildi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham Turkiyaga zarur yordam körsatişga va’da berdi. «Prezident Erdöğan, turk xalqi va Turkiyadagi zilzila qurbonlarining oila a’zolariga hamdardlik bildiraman, barça jabrlanganlarga tezroq soğayib ketişlarini tilayman. Uşbu oğir damda Turkiya xalqini qöllab-quvvatlaymiz. Biz yordam berişga tayyormiz. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etiş uçun zarur yordam taqdim etiladi», — dedi Zelenskiy Twitter’dagi sahifasida turk tilida.
6 fevral kuni erta tongda Turkiya janubi-şarqida va Suriya şimolida yuz bergan kuçli zilzila oqibatida 600 dan ortiq odam halok böldi. Turkiyadagi hodisa qurbonlari soni 280 kişidan oşdi, 2000 dan ortiq kişi jarohat oldi, dedi vitse-prezident Fuat Öqtoy. Unga köra, Turkiyaning turli şaharlarida kamida 1710 ta bino vayron bölgan yoki şikastlangan. Suriya hukumati kamida 230 kişi halok bölganini va 600 dan ortiq odam jarohatlanganini qayd etgan, deya xabar beradi Suriya Soğliqni saqlaş vazirligi.
Duşanba kuni erta tongda 7,4 magnitudali zilzila episentri Turkiyaning Suriya bilan çegaradoş Qahramonmaraş viloyati bölgan. Keyinçalik yana 42 dan ortiq silkinişlar (afterşoklar) sodir böldi, ularning eng kuçlisi 6,6 ballni taşkil etdi. Bu sönggi yillarda mintaqada röy bergan eng kuçli zilzilalardan biri. Turkiya hukumati xavf haqida ogohlantirişning eng yuqori darajasini e’lon qildi.













