Yevropa Ittifoqi kengaşiga raislik qilayotgan Şvetsiya Turkiya va Suriyadagi zilzila munosabati bilan Yevropa Ittifoqining tabiiy ofatlarga eng yuqori javob beriş tizimi – Integratsiyalaşgan siyosiy inqirozga javob beriş (IPCR) mexanizmini joriy etiş taşabbusi bilan çiqdi. Bu haqda 6 fevral, duşanba kuni YeI kengaşi saytida ma’lum qilindi.

Bunday mexanizm Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, institutlari va boşqa tomonlar darajasida qaror qabul qilişni osonlaştiriş va tezlaştiriş uçun işlab çiqilgan. Erta tongda Yevropa fuqarolik mudofaasi mexanizmi işga tuşirildi. Endilikda IPCR doirasida yuqori darajadagi amaldorlar zilzila qurbonlariga yordam körsatişni muvofiqlaştirişga jalb etiladi.

Bryussel öndan ortiq qidiruv-qutqaruv guruhlarini safarbar qildi, xaritalaş xizmatlarini körsatiş uçun özining Copernicus sun’iy yöldoş tizimini faollaştirdi va Suriyadagi jabrlanganlarni gumanitar yordam dasturlari orqali qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirdi, dedi Yevropa komissiyasi vakili.

Yevropa kengaşi veb-saytida qayd etilganidek, Turkiya va Suriyadagi zilzila xuddi şunday mexanizm joriy qilingan törtinçi favqulodda holat. Avvalgilari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi, koronavirus pandemiyasi va migratsiya muammolari bilan boğliq.

Turkiyada 6 fevral kuni erta tongda 7,8 magnitudali birinçi zilzila qayd etilgan edi. Zarbalar natijasida Turkiyaning bir qança mintaqalarida va qöşni Suriyada keng kölamli vayronagarçiliklar yuz berdi. Har xil intensivlikdagi silkinişlar kun davomida davom etdi.

Turkiya rasmiylariga köra, duşanba oqşomiga qadar mamlakatda zilzila oqibatida 2379 dan ortiq odam halok bölgan, yana 15 mingga yaqin kişi jarohatlangan. Suriyada kamida 1444 kişi halok böldi, 3530 kişi jarohatlandi, deb xabar beradi AFP agentligi. AQŞ Geologiya xizmati bu mamlakatda sönggi yuz yil içida sodir bölgan eng kuçli zilzilalardan biri bölganini ta’kidladi. U 1939 yilda Turkiyada sodir bölgan 7,8 magnitudali zilzila bilan soliştirildi. Öşanda 30 000 dan ortiq odam halok bölgan.