Ayni paytda prezident poytaxt jamoatçilik vakillari va mutasaddilar iştirokida yiğiliş ötkazmoqda.

Yiğilişda Toşkent şahrining elektr energiyasi va tabiiy gazga ehtiyoji tobora ortib borayotgani ta’kidlanib, energetika masalalarini töliq hal qiliş uçun barça hisob-kitoblar qilingani aytildi.

Avvalambor, qayta tiklanuvçi energiya salohiyatidan foydalaniş zarur.

Şaharda kamida 2 ming megavattga yaqin quvvatli quyoş panellarini örnatiş mumkinligi qayd etildi. Bu işlar bilan köp qavatli uylar, ijtimoiy soha obektlari, davlat idoralari va tadbirkorlik binolarining tom qismi, sanoat zonalari hududi, avtoturargohlar va yirik suv inşootlari hududini qamrab oliş mumkin.

Bu çoralar körilsa, hisob-kitoblarga köra, 2023 yilda kutilayotgan 240 million kilovatt soatlik talabni 4 baravar ortiği bilan, ya’ni 1 milliard 80 million kilovatt soat hajmda ta’minlaş imkoniyati paydo böladi.

Prezident elektr işlab çiqarişda davlat monopoliyasidan ketib, raqobatli muhit joriy qiliş zarurligini ta’kidladi. 

Jumladan, panel örnatgan tadbirkorlar işlab çiqargan elektrni davlat kafolatli sotib oladi. Keyingi yildan esa boşqa iste’molçilarga ham sotişi mumkin böladi.

Aholi öz xonadonida panel örnatsa, ehtiyojidan ortiq tarmoqqa sotgan elektr energiyasining har bir kilovati 1 ming sömdan sotib olinadi (hozirgi tarif 295 söm).

Har oyda hisob-kitob qilib, mablağlar xonadon egasining plastik kartasiga ötkazib beriladi.