Aholi soni (1920-2023 yillar)

Sönggi 100 yillik ma’lumotlarga yuzlanadigan bölsak, Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, 1920 yilda Özbekiston aholisi 4,4 mln kişi, 1930 yili 4,9 mln kişi, ötgan 50-yillarda esa 5-8 million nafar atrofida bölgan. 10 millionlik marra 1965 yilda zabt etilgan. Şundan söng aholi sonining ösiş tezligi 4 dan 3 foiz atrofiga sekinlaşib, 1989 yilda 20 mln nafarga yetgan.

30 mln kişiga esa 25 yil ötib, 2014 yilda erişilgan. Raqamlardan köriş mumkinki, garçi yildan yildan aholi soni oşib borayotgan bölsa-da, sönggi 15 yilda ösiş tezligi 2 baravar sekinlaşgan (1,5 foiz atrofida).

2023 yilning 1 yanvar holatiga 36 mln kişini taşkil etgan Özbekistonning doimiy aholisi prognozlarga köra, 2035 yilda 40 mln, 2075 yilda 50 mln nafardan oşadi.

Aholi jon boşiga yalpi içki mahsulot (1990-2021 yillar)

Mustaqillikning ilk 5 yilida aholi jon boşiga YaIM miqdori kamayib borgan– 651 dan 586 AQŞ dollarigaça. 1996-2006 yillarda ham bu körsatkiç 300-600 AQŞ dollari atrofida bölgan.

Bu davrdan söng toki hozirgi davrga qadar YaIMning aholi jon boşiga köra qiymati faqat ösib kelyapti.

Suratda 2016 yildan keyin YaIM hajmi keskin tuşib ketgandek körinadi. Buning sababi esa 2017 yil sentabr oyidan boşlangan valuta kursini şakllantirişning bozor mexanizmi joriy etilişi bölib, öşanda valutaning “qora bozor” va davlat kursi bir-biridan 2 baravarga farq qilardi. Erkin konvertatsiyaga ötilgandan söng mamlakatda yagona valuta siyosati yölga qöyildi. Bundan kelib çiqib, suratdagi diagrammalar közni çalğitgani bilan aslida aholi jon boşiga YaIMning muntazam ösayotgani ifodalangan.

Valuta bozori (2010-2022 yillar)

Özbekiston valuta bozori 2017 yil 5 sentabrgaça va undan keyingi davrni öz içiga oladi. 2017 yil 2 sentabrdagi “Valuta siyosatini liberallaştiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarorining qabul qilinişi bilan “qora bozor” va rasmiy kursning 2 baravar farqlanişiga barham berilib, yuridik va jismoniy şaxslarning çet el valutasini erkin sotib oliş va sotiş hamda öz mablağlarini özining xohişiga köra erkin tasarruf etiş huquqlarini röyobga çiqariş imkoni yaratildi.

Mavjud ma’lumotlar asosida 2010-2016 yillar kesimiga nazar taşlasak, 1 AQŞ dollarining özbek sömiga nisbatan qiymati katta farqlar bilan ösib borgan. Hatto, 2015 yilda özbek sömi qariyb 16 foizga qadrsizlanganini köriş mumkin. “Dollar oşib ketibdi” degan gaplarni eşitiş odatiy hol edi.

Soliq (2006-2024 yillar)

Trading economics ekspertlari bahosiga köra, Özbekistonda aholining daromad soliği stavkasi 2006 yildan 2022 yilgaça örtaça 21,19 foiz bölgan. 2006 yilda 29 foizli eng yuqori, 2020 yilda esa rekord darajadagi eng past körsatkiç – 12 foizni taşkil etgan.

Tahlilçilarning taxmin qilişiça, Özbekistonda daromad soliği stavkasi 2023-2024 yillarda ham 12 foizda saqlanib turadi.

Turizm (1996-2004; 2014-2020)

Macrotrends tadqiqotçilariga köra, Özbekistonda Xalqaro turistik tuşumlar 2016 yildan boşlab kötarila boşlagan. Tadqiqotlar xalqaro sayyohlarning xarajatlari, şu jumladan, xalqaro qatnovlar uçun tölovlar, kvitansiyali tovar va xizmatlar asosida olib borilgan.

Özbekistonda sayyohlar uçun çek, kvitansiyalarsiz körsatilgan xizmatlar sababli bu raqamlar asl körsatkiçlardan farq qilişi mumkin.

Madaniyat va turizm vazirligi taqdim etgan ma’lumotlarga köra, Özbekistonda turizm eksporti:

  • 2020 yilda 261 mln dollar;
  • 2021 yilda 422 mln dollar;
  • pandemiya ta’siridan çiqqan 2022 yilda 1 mlrd 610 mln dollarni taşkil etgan;
  • 2023 yilda bu körsatkiçni 2 mlrd dollarga çiqariş maqsad qilingan.
Foto: Turizm va madaniyat vazirligi

Sardorbek Usmoniy