UCSI ikki tomonlama diplom beriş, doktorantura dasturlari va professor-öqituvçilar malakasini oşiriş, talabalar almaşinuvi, qöşma ilmiy tadqiqot işlari hamda akademik standartlarni boşqariş böyiça hamkorlikni rivojlantirişga qiziqiş bildirdi.

Tomonlar malayziyalik mutaxassislarni ma’ruzalar, seminarlar va vebinarlar taşkil etiş uçun Samarqandga "mehmon professor" sifatida jalb etiş, Kuala-Lumpur va Saravak ştatidagi kampuslarda özbekistonlik talabalar uçun "yozgi maktablar" ötkazişga kelişib oldi.

1986 yilda taşkil etilgan UCSI universiteti Malayziyadagi yetakçi va eng yirik xususiy oliy bilim yurtlaridan biri bölib, QS Rankings 2023 ma’lumotlariga köra, dunyodagi eng yaxşi 300 ta universitet qatoriga kiradi.