Rossiya 2023 yilda Qirğiziston, Tojikiston va Özbekiston bilan migratsiya böyiça hukumatlararo bitimni imzolaşni rejalaştirmoqda. Bu haqda Rossiya TIV MDH davlatlari departamenti direktori Aleksandr Sternik «RIA Novosti»ga ma’lumot berdi.

Diplomatning sözlariga köra, Qirğiziston, Özbekiston va Tojikistonda migratsiyaga tayyorlovçi markazlarni oçiş böyiça işlar olib borilmoqda.

«Qonunçiligimizga muvofiq, bu markazlar Rossiyaga borişni xohlovçilarga bir qator xizmatlarni (daktiloskopiya, suratga oliş, röyxatdan ötkaziş) körsatadi», dedi Sternik.

Bundan taşqari, diplomatning sözlariga köra, rossiyalik iş beruvçilar uçun işçi yollaş va zarur tibbiy xulosalarni tayyorlaş böyiça maslahatlar beriladi.

«Bir söz bilan aytganda, biz şiddatli migratsiya oqimini tartibga soliş uçun hamkorlik qilamiz, bu umumiy manfaatdir. 2023 yil oxirigaça Özbekiston, Qirğiziston va, ehtimol, Tojikiston bilan hukumatlararo tegişli bitimlar imzolanişiga umid qilamiz», deb qöşimça qildi u.