AQŞ, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Yaponiya kabi 35 davlatdan iborat guruh bir ovozdan Rossiya va Belarus sportçilarini 2024 yilgi Olimpiada öyinlaridan çetlaştirişni talab qilişga qaror qildi. Bu haqda 10 fevral, juma kuni Litva ta’lim, fan va sport vaziri Yurgita Şyugjdinene ma’lum qildi.

«Biz boykotga muhtoj emasmiz, degan yönalişda harakat qilmoqdamiz, çunki barça davlatlar bir ovozdan qaror qabul qiladi», - deya Şyugjdinene sözlarini keltiradi Reuters.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham 35 mamlakat sport vazirlari iştirokidagi onlayn yiğilişda qatnaşdi, unda rossiyaliklar va belaruslarni xalqaro musobaqalarga qabul qiliş masalasi muhokama qilindi, dedi Litva Ta’lim, fan va sport vazirligi vakili. Unga köra, Zelenskiy iştirokçilarga murojaatida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişiga betaraflik tamoyillarini qöllaş mumkin emasligini aytgan.

Ötgan hafta Ukraina Milliy olimpiya qömitasi (MOK) agar Rossiya va Belarus sportçilari neytral bayroq ostida ham qatnaşsa, Parij-2024 yozgi Olimpiada öyinlariga boykot qiliş taklifini qöllab-quvvatladi. «Biz Rossiya va Belarusdan sportçilarning xalqaro musobaqalarga kiritilişiga qarşi harakat qilamiz. Uruş davom etar ekan, biz ularni u yerda körmasligimiz kerak», - dedi Ukraina sport vaziri va Milliy olimpiya qömitasi rahbari Vadim Gutsayt. «Agar şunga qaramay, rossiyalik va belaruslik sportçilar xalqaro musobaqalarga qöyilsa, mening şaxsiy fikrimça, oxirgi çora Olimpiya öyinlarini boykot qilişdir», - dedi u.

Rossiya va belaruslik sportçilarning Parijdagi Olimpiada öyinlaridagi iştiroki Xalqaro olimpiya qömitasida (XOQ) hali muhokama qilinmagan, şuning uçun Ukraina rasmiylari tomonidan 2024 yilgi Olimpiada öyinlariga boykot e’lon qiliş haqidagi tahdidlar «örinsiz», deb ma’lum qildi taşkilot rahbari Tomas Bax Vadim Gutsaytga yöllagan maktubida. 

Baxning sözlariga köra, Ukraina rasmiylarining Rossiya va Belarus sportçilari hatto neytral bayroq ostida ham Olimpiada öyinlarida qatnaşişiga yöl qöymaslik haqidagi çaqiriqlari va Ukraina tomonidan öyinlarni boykot qiliş haqidagi ogohlantirişlar «Olimpiya harakatining köpçiligi tomonidan qöllab-quvvatlanmaydi».

Polşa sport va turizm vaziri Kamil Bortniçuk ham Olimpiya öyinlarini boykot qiliş masalasi hali körib çiqilmaganini ta’kidladi. «Hozirça boykot haqida gapiriş vaqti emas», dedi u juma kuni bölib ötgan matbuot anjumanida. Polşa vazirining sözlariga köra, yeçim - rossiyalik va belaruslik dissidentlarni öz içiga olgan «qoçqinlar jamoasi»ni yaratiş bölişi mumkin.

Rossiya va belaruslik sportçilarning Olimpiadada iştirok etişi borasida munozaralar dekabr oyida, XOQ bu fikrni bildirganidan söng va AQŞ Olimpiya qömitasi uni qöllab-quvvatlaganidan keyin davom etdi.

Oradan köp ötmay, Litva, Latviya, Estoniya va Polşa tajovuzkor davlat va uning şerigi sportçilarining hatto neytral bayroq ostida ham xalqaro musobaqalarda iştirok etişini qabul qilib bölmaydi, deb e’lon qildi. Ukrainaning pozitsiyasini Buyuk Britaniya va Skandinaviya davlatlari ham qöllab-quvvatladi.

Yanvar oyida Parij meri Ann Idalgo rossiyalik va belaruslik sportçilarni musobaqadan mahrum qilmaslik uçun neytral bayroq ostida Olimpiya öyinlarida iştirok etişga ruxsat berişi mumkinligini aytgan edi. Ammo fevral oyi boşida u öz fikrini özgartirib, bunday murosani «nomaqbul» deb atadi.

Rasmiyning sözlariga köra, Rossiya va Belarus sportçilarining Parijdagi öyinlarda iştirok etişi Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi töxtatilgan taqdirdagina mumkin. «Boşqa davlatga hujum qilgan davlatga heç narsa bölmagandek gapirişga va Ukrainaga bombalar yoğayotgan bir paytda delegatsiyaning Parijga kelişiga ruxsat beriş mumkin emas», dedi u.