Adhamjon Abdurahmon hozirda Turkiyaning zilziladan talafot körgan hududlaridan biri Elbiston şahrida. Ayni paytda u yerda jamoasi bilan insonlarga ovqat tayyorlab ulaşmoqda. Vatandoşimiz bilan onlayn boğlanganimizda, u bizga özi guvoh bölayotganlari haqida gapirib berdi.
«Bu yerda uylar yer bilan bitta bölib ketgan. Köproq işçilar bor hozir. Aholining köpi şaharni tark etgan, qolgan aholi çodirlarga joylaşgan.
Bu darajada deb öylamagan edik. Katta ehtiyoj bor ekan issiq ovqatga. Hozir köpaytiryapmiz, uçta qozonda ovqat qilib tarqatyapmiz. Birinçi yon-atrofimizdagi kişilarga tarqatamiz, keyin maşinada boşqa joylarga ham yetkazamiz. Asosan işçilarga yetkazib beryapmiz. Ba’zida yetmay qolişi ham mumkin. Istanbuldan yana bir yuk maşinasida oziq-ovqat va jamoa yölga çiqqan.
Afşinda ehtiyoj yöq ekan, şuning uçun bir-ikki kun Elbistonda bölamiz. Bu yerda ham bizga ehtiyoj sezilmasa, boşqa joyga boramiz. Qayerda bizga ehtiyoj bölsa, öşa yerga ketaveramiz biz. Ba’zi joylarda isrof bölyapti çunki.
Hozir hamma vahimada. Biz özimizni bosib olişimiz kerak. Odamlar uy-joysiz, hamma narsasidan ayrilgan, asl muammolar endi çiqa boşlaydi. Turk xalqi bu muammolar bilan köp yaşaydi hali...Turk xalqining musibatida birlaşgan xalqimizdan minnatdorman. Men özbekligimdan yana bir bor ğurur tuydim».
Registon TV jamoasi zilziladan aziyat çekkanlarga yordam beriş uçun «Turk xalqiga kömak» loyihasini olib borişyapti. Unga nafaqat Özbekiston va Turkiyada yaşovçi vatandoşlarimiz, balki butun dunyo özbeklari qöşilişmoqda. 11 fevral holatiga köra loyihani qöllab-quvvatlaş uçun 3 mlrd 200 mln sömdan oşiq pul yiğilgan.
«Şu işlar bilan şuğullanayotgan taşkilotlar bilan hamkorlik qilyapmiz. Mablağning bir qismini ularga ötkaziş orqali yordamni kerakli joylarga yetkaziş haqida ham öylayapmiz. Çunki biz aynan qayerga qanday yordam kerakligini bilmaymiz. Yordam taşkilotlari reja asosida bizni qayerga yönaltirsa, öşa yerga boryapmiz. Bu muammolarni bartaraf qiliş uçun qölimizdan kelganiça harakat qilyapmiz. Turklar ham buni bilib turişibdi, e’tirof etişyapti va juda ta’sirlanişyapti», – deydi loyihaga kömaklaşayotgan jurnalist Abdukarim Mirzayev.
Uning aytişiça ayni paytda yordam berişni töğri yölga qöyiş muhim. Çunki zilziladan aziyat çekkanlarga uzoq muddatli yordam kerak böladi.
«Zilzila bölgan hududlarda odamning köpligi muammoni yeçmaydi, qaytaga köpaytiradi. Çunki yaşaş joylari masalasida muammolar bor. Bu narsalar özboşimçalik bilan qilinadigan işmas. Zilziladan zarar körganlar boşqa viloyatlarga ketyapti, ularga yordam beriş kerak. Bir neça kun falokat joyiga borib yordam beriş emas, hali uzoq vaqt davom etadi bu asorat. Şunga köra harakat qilişlarini tavsiya etgan bölardim. Davlat taşkilotlari bilan hamkorlikda amalga oşiriş kerak bu işlarni. Özboşimçalik bilan muammoni yeçmaymiz, uni yaratamiz», - deya qöşimça qildi vatandoşimiz.
Ma’lumot berilişiça, «Turk xalqiga kömak» loyihasi doirasida bir guruh yigitlar oziq-ovqat mahsulotlari va isiniş uçun kerakli jihozlarni tarqatiş; jamoaning yana bir qismi gaz va elektr yöq hududlarga kömir yetkazib beriş; bir guruh köngillilar aynan qutqaruv işlari olib borilayotgan joylarda issiq ovqat tayyorlab tarqatiş işlari bilan şuğullanişmoqda. 30 nafar vatandoşimiz esa Istanbuldan hududlarga ta’minotni yetkazib bermoqda. Bundan taşqari kelayotgan haftadan boşlab yiğilgan pullar hisobidan zilziladan aziyat çekkanlarga ikki ming liradan (100 $) tarqatiş işlari boşlanadi.












