Boş prokurorning yoqilği-energiya resurslaridan foydalaniş sohasida qonunçilikka rioya etilişi va uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oşirişga mas’ul bölgan örinbosari lavozimi kiritilyapti.

Belgilanişiça, boş prokuror örinbosari:

  • Özenergoinspeksiya zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarişga amaliy yordam körsatadi;
  • Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti faoliyatini muvofiqlaştiradi.

Boş prokuratura ikki hafta muddatda yoqilği-energiya resurslaridan foydalaniş ustidan davlat nazoratini samarali taşkil etiş böyiça takliflarni Özbekiston prezidenti administratsiyasiga kiritadi.

Özenergoinspeksiya va uning hududiy boşqarmalari faoliyatini qaror bilan belgilangan ustuvor yönalişlar asosida yanada takomillaştiriş böyiça kompleks çora-tadbirlarni samarali amalga oşiriş mas’uliyati şaxsan energetika vaziri J.Mirzamahmudov va boş prokuror örinbosari zimmasiga yuklandi.