Özbekiston prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi “Yangi Özbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoniga muvofiq Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi (Özenergoinspeksiya) taşkil etilgan.
Özbekiston prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi “Respublika ijro etuvçi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yölga qöyişga doir birinçi navbatdagi taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoniga muvofiq Özenergoinspeksiyaning Davlat budjeti hisobidan moliyalaştiriladigan jami boşqaruv ştat birliklari soni 357 ta, şu jumladan, Özenergoinspeksiya boşliği örinbosarlarining soni 2 nafar etib belgilangani qayd etilgan.
Quyidagilar Özenergoinspeksiya faoliyatining ustuvor yönalişlari etib belgilandi:
- yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan (aholidan taşqari) yoqilği-energiya resurslarini işlab çiqariş (qazib çiqariş), qayta işlaş, uzatiş (taşiş), taqsimlaş va iste’mol qiliş, ularning sifat va miqdor jihatidan saqlanişini ta’minlaş sohasidagi qonunçilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga soliş böyiça normativ hujjatlar talablariga rioya qilinişi ustidan davlat nazoratini amalga oşiriş;
- elektr, gaz uzatiş va gaz taqsimlaş tarmoqlariga noqonuniy ulaniş, yoqilği-energiya resurslarini talon-taroj qiliş va noqonuniy iste’mol qilişning boşqa holatlarini, şuningdek, ularni sodir etişga imkon beruvçi sabab va şart-şaroitlarni aniqlaş, bartaraf etiş va oldini oliş;
- bevosita iste’molçilar tomonidan foydalanilgan hamda tegişli hududlar çegarasidagi tarmoqlarga yetkazib berilgan yoqilği-energiya resurslari hajmi örtasidagi tafovutlarni aniqlaş va bartaraf etiş;
- yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan (aholidan taşqari) energetika obektlarida baxtsiz hodisalar va texnologik buzilişlar (avariyalar)ning oldini oliş çora-tadbirlari işlab çiqilişi va uning bajarilişi ustidan nazoratni amalga oşiriş;
- qayta tiklanuvçi energiya manbalari qurilmalarini hamda energiya samarador va energiya tejovçi zamonaviy texnologiyalarni joriy qiliş, şuningdek, energiya resurslarini iste’mol qiliş samaradorligining monitoringini olib boriş;
- yoqilği-energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanişni ta’minlaş böyiça iste’molçilar (aholidan taşqari) tomonidan bajariladigan çora-tadbirlarning energiya samaradorligini baholaş, şuningdek, mahsulot birligini işlab çiqariş (iş bajariş, xizmat körsatiş) uçun yoqilği-energiya resurslari iste’molining me’yorlari bajarilişi va kelgusida takomillaştirilişi ustidan nazoratni amalga oşiriş.
Belgilanişiça:
- davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat qiluvçi organlar tomonidan Özenergoinspeksiya xodimlari zimmasiga ularning vakolatiga kirmaydigan vazifalarning yuklanişi taqiqlanadi;
- davlat organlari, şu jumladan, huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat qiluvçi organlar mazkur qarorga muvofiq Özenergoinspeksiyaga uning zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarişda har tomonlama kömaklaşişi şart;
- Özenergoinspeksiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajariş uçun zarur bölgan axborot, hujjatlar va boşqa materiallar uning qonuniy talabiga köra bepul taqdim etiladi;
- Özenergoinspeksiya tomonidan yoqilği-energiya resurslarini behuda sarflaş, ulardan noqonuniy va samarasiz foydalaniş holatlarini aniqlaş borasida davlat nazoratini amalga oşiriş bilan boğliq nazorat tadbirlari xöjalik yurituvçi sub’yektlar faoliyatini tekşiriş hisoblanmaydi;
- Özenergoinspeksiya xodimlari xizmat guvohnomalari bölgan taqdirda, sutkaning istalgan vaqtida iste’molçilarning yoqilği-energiya resurslarini hisobga oliş uskunalari körsatkiçlarini yozib oliş va ularning holati, ulaniş sxemalari va qurilmalarini körikdan ötkaziş uçun hisobga oliş uskunalari, sxemalari hamda qurilmalarini tösqinliksiz borib körişga haqli;
- Özenergoinspeksiya Özbekiston prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida davlat organlari va taşkilotlari tomonidan qayta tiklanuvçi energiya manbalarining qurilmalari örnatilişini nazorat qiladi va belgilangan körsatkiçlarning bajarilişi ta’minlanmagan taqdirda, ularning mansabdor şaxslariga nisbatan çoralar köriş böyiça Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib boradi.












