Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) sobiq prezidenti, şveysariyalik Rene Fazel Rossiya pasporti egasiga aylandi. Fuqarolik bilan birga Fazel Rossiyaning Krasnodar ölkasida olma yetiştiruvçi «Alma Holding» kompaniyasi 54 foiz uluşini ham sotib oldi. Qolgan 46 foizi Gennadiy Timçenkoga tegişli. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.
Fazel 1994–2021 yillarda IIHF prezidenti bölgan. 2022 yil yanvarida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida Rossiya soliq reyestriga kiritilgan.
2021 yil may oyida Fazel xokkey böyiça jahon çempionati Belarusdan köçirilgani sababli Aleksandr Lukaşenkoni qöllab-quvvatladi. Çempionat Belarusdagi prezidentlik saylovi soxtalaştirilgani va undan keyingi ommaviy norozilik namoyişlari oqibatida boşqa davlatga köçirilgan edi.
Söngra Fazel Belarusdagi saylovlar bilan boğliq vaziyatni «ahmoqona» deb atadi va çempionatning köçirilişini «bosim ostida» amalga oşirilganini ta’kidlab, buning «juda yomon» ekanligini ta’kidladi.
«Finlandiya, Norvegiya, Daniya va Şvetsiya kabi şimoliy davlatlar siyosiy bosim ostida, menimça, bu juda yomon. Ammo oxir-oqibat hamma narsani homiylar özgartirib yubordi. Agar oxirida homiy kelib: «Agar Belarusga borsangiz, biz qatnaşmaymiz», desa, nima ham qilişimiz mumkin?» degan edi Fazel. U turnirning boş homiysi Škoda kompaniyasini nazarda tutganini tasdiqlagan edi.












