Kristianni qidiriş işlari 11 kun davom etdi.

Butun dunyo qariyb ikki hafta mobaynida Turkiya va Suriyada 6 fevral kuni röy bergan dahşatli zilzila oqibatlarini kuzatib bordi. Sönggi ma’lumotlarga köra, ikki mamlakatda tabiiy ofat qurbonlari soni 46 mingdan oşgan va bu sönggi raqamlar emas - joylarda xarobalarni tozalaş işlari davom etmoqda.

Futbol bilan boğliq markaziy syujyetlardan biri Kristian Atsuning tarixi böldi. Ganalik 31 yoşli yarimhimoyaçi Turkiya çempionatida «Hatayspor» klubi a’zosi edi, bu klub zilziladan eng köp talafot körgan Hatay viloyatida joylaşgan. U 6 fevral kunidan aloqaga çiqmay qöygandi. 18 fevral kuni esa qörquv bilan kutilgan xabar tasdiqlandi — Atsuning jasadi  xarobalar ostidan topildi.

Agenti va klubi Atsuning ölimini tasdiqladi, bungaça u tirik holda çiqarib olingani haqida xabarlar tarqalgandi

6 fevral kuni Fanatik naşri Kristian Atsu va «Hatayspor» klubi sport direktori Taner Savut yöqolib qolgani haqida xabar bergandi. Şu kuni keçqurun Portugaliyadagi A Bola naşri Atsu bino xarobalari ostida tirik topilgani haqida xabar berdi, xabarda uning nafas oliş bilan boğliq muammo kuzatilayotgani va oyoği şikastlangani haqida tafsilotlar ham bor edi. Keyingi kun tongida esa «Hatayspor» rahbariyati bu yangilikni rad etib çiqdi — klub faxriy prezidenti Lutfa Savas qidiruv işlari davom ettirilayotganini ma’lum qildi.

Kristian Atsu. Foto: Global Look Press

Şu kuni, 7 fevralda «Hatayspor» menejyeri Mustafo Özat Atsu omon qolganini xabar qildi: «Kristian Atsu jarohatlar bilan topildi. Bizning sport direktorimiz Taner Savut, afsuski, hamon xarobalar ostida qolmoqda. Hatay juda jiddiy talafot körgan. Biz eng xavfli soatlar oxiriga yaqinlaşmoqdamiz», — dedi u Millet naşriga. Va bu ma’lumot ham xato bölib çiqdi — keyinroq Özat öziga raddiya berdi.

«Biz «Hatayspor» prezidenti bilan Kristian Atsu masalasida uçraşuv ötkazdik. U xarobalar ostidan qora tanli odam çiqarib olganini, ammo bu Atsu ekani aniqligini bilmasligini aytdi», — deya izoh berdi Turkiya futbol federatsiyasi prezidenti Mehmet Buyukekşi.

Kristianning taqdiri 18 fevralga kelib uzil-kesil aniq böldi. «Kristian Atsu topildi. Afsuski, u vafot etgan», — deya yozdi ijtimoiy tarmoqlarda futbolçining agenti Murat Uzunmehmet. Keyinroq ma’lumot «Hatayspor» tomonidan tasdiqlandi, klub xabarida şunday deyilgan: «Öz hamdardligimizni bildiramiz. Xarobalar ostida vafot etgan futbolçimiz Kristian Atsuning tanasi Ganadagi ona şahri tomon yölga çiqqan. Biz seni unutmaymiz, Atsu. Göringda tinç yot, ajoyib inson. Qayğumizni ifodalaş uçun söz yöq».

«Portu», «Çelsi», «Vitess», «Everton», «Nyukasl» va Atsu bunga qadar töp surgan boşqa klublarning sahifalarida ham hamdardlik postlari qoldirilgan.

Atsu jahon çempionatida qatnaşgan va Afrikada eng yaxşi futbolçi deb topilgandi

Kristian Atsu Ganadagi köp oilali qaşşoq oilada tuğilgan. Futbol sirlarini Niderlandiyaning «Feyyenoord» klubining uşbu mamlakatdagi filial klubi bölmiş «Ferenoord Fettex»da örgangan. 17 yoşdaligida tezkor va texnikasi yuqori bölgan vinger «Portu» klubiga ötadi, 21 yoşida milliy jamoada debyut qiladi, 22 yoşida esa «Çelsi»da paydo böladi. Lekin u londonliklar asosiy tarkibida birorta rasmiy öyinda maydonga tuşmagan, tört yil davomida turli klublarga ijaraga berilgan. Xalqaro miqyosda esa uning işlari yaxşiroq yurişgan — Atsu Gana milliy jamoasi bilan 2014 yilgi jahon çempionatiga borgan, jamoada jami 60 öyin ötkazgan, 2015 yilda esa uni Afrika Kubogining eng yaxşi futbolçisi sifatida taqdirlaşgan.

Kristian Atsu. Foto: Global Look Press

2017 yilda Atsu «Nyukasl»ga köçib ötadi, ammo bu yerda ham asosiy tarkibda örnaşa olmaydi, ikki yil ötib Saudiya Arabistonining «Al-Rayoz» klubi a’zosiga aylanadi, 2022 yil sentabrida «Hatayspor» bilan şartnoma imzolagandi.

Yangi jamoasidagi debyut golini Kristian 5 fevral kuni, zilzilaga bir neça soat qolganida urdi. Va şu örinda dramatik tafsilotlar yuzaga çiqdi, bu haqda «Hatayspor» ma’muriy menejyeri Fotih Ilek aytib berdi. Uning sözlariga köra, Atsu uni boşqa jamoaga qöyib yuborişni söragan va qişki transferlar oynasida qator takliflarga ega bölgan. Unda doimiy öyin amaliyoti bölmagan, şu tufayli murabbiy transferga qarşilik bildirmagan. Ammo 5 fevral kuni Atsu «Qosimpoşa»ga qarşi öyinning sönggi daqiqalarida jarima zarbasidan ğalaba golini urgan.

Kristian Turkiyada urilgan ilk golidan şu qadar xursand böladiki, Fransiyaga keçqurungi reys uçun bron qilingan çiptani bekor qiladi, u öşa kuni oilasi bilan uçraşmoqçi edi, buning örniga öz muvaffaqiyatini jamoadoşlari bilan nişonlaşga qaror qiladi. Atsu Turkiyadan 6 fevral kuni uçib ketişni möljallagandi, ammo mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 4 dan ötganda halokatli zilzila röy beradi.

Atsu bilan birga bedarak yöqolgan «Hataysport» klubi sport direktori Xamet Savutdan esa hozirga qadar darak yöq. Uning taqdiri hamon noma’lum bölib qolmoqda.