Ukraina boş prokurori Andrey Kostin Rossiyani Ukraina fuqarolarini majburan köçirilişi munosabati bilan genotsidda aybladi. Bu haqda u 19 fevral, yakşanba kuni Germaniyaning RTL va ntv telekanallariga bergan intervyusida aytib ötdi.

«Agar biz Ukrainadagi genotsid haqida gapiradigan bölsak, u holda ukrainaliklar va ukrainalik bolalar majburan deportatsiya qilinişi haqida gapiriş kerak», dedi Kostin. Uning eslatişiça, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi qariyb bir yildan beri davom etmoqda va Moskva mamlakatni «deukrainlaştiriş» haqida oçiq gapirmoqda.

«Bunday xabarlar tajovuzkor davlatning yuqori martabali siyosatçilari tomonidan yuborilsa, bu şunçaki uruş taşviqoti emas, balki vahşiylikka yaqqol da’vat böladi», - deya ta’kidladi u.

2022 yil oxirida Kostin Xalqaro advokatlar uyuşmasi veb-saytida maqola e’lon qildi. Unda u Rossiyaning Ukrainadagi harbiy tajovuzkorligida «ukrainaliklarni milliy guruh sifatida Ukraina öziga xosligi va Ukraina davlatçiligiga qarşi qaratilgan ta’qib qiliş kampaniyasi alomatlarini yaqqol körsatayotganini» ta’kidladi.

«Bundan taşqari, sodir etilgan jinoyatlar tizimli va ommaviydir, bu genotsidga xosdir. Şularni hisobga olib, Ukraina huquq-tartibot idoralari genotsid fakti böyiça jinoiy iş qözğatdi», deb yozadi Kostin Rossiyaning tajovuzkorligini nima uçun «harbiy jinoyatlar» doirasidan taşqarida deb hisoblaşini şu tarzda tuşuntirib.

AQŞ ma’muriyati kuni keça Rossiyani Ukrainaga bostirib kiriş paytida «insoniyatga qarşi jinoyatlar» sodir etganlikda rasman aybladi. «Genotsiddan farqli ölaroq, insoniyatga qarşi jinoyatlar ma’lum bir guruhga qarşi qaratilgan bölişi şart emas. Buning örniga har qanday tinç aholi vakillari, mansubligidan qat’i nazar, hujum qurboni bölişi mumkin. Yana bir muhim farq şundaki, insoniyatga qarşi jinoyatlar uçun umumiy aniq niyat mavjudligini isbotlaşning hojati yöq», deyiladi BMT saytidagi tuşunça ta’rifida.