Misr tomonidan tadbirda xalqaro hamkorlik böyiça vazir Raniya al-Maşat, Savdo palatalari federatsiyasi prezidenti Ibrohim Mahmud al-Arabiy, Elsewedy Electric, El Araby Group, Orascom Construction, Poliserve Group, Al-Rowad, Lotus Garmens Group kabi yirik kompaniyalar rahbarlari iştirok etdi.

Uçraşuvda ikki tomonlama munosabatlarda ulkan salohiyat borligi, işbilarmonlik va tadbirkorlik aloqalarini kengaytiriş, Özbekiston va Misr örtasidagi özaro investitsiyalarni faollaştiriş va savdoni oşiriş uçun katta imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.

Mamlakat yetakçisi ikki mamlakat işbilarmon doiralari birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan ötmişda gullab-yaşnagan Buyuk Ipak yölidek mustahkam hamkorlik köpriklarini qayta tiklaşda muhim örin tutişini körsatib ötdi.

Keyingi yillardagi şeriklik sur’ati qayd etildi. Xususan, tovar ayirboşlaş körsatkiçlari karrasiga oşdi, qöşma loyiha va korxonalar soni 6 barobar köpaydi.

Davlat rahbari kuni keça ötgan Özbekiston-Misr biznes forumining samarali natijalarini, uning yakunida umumiy qiymati 1,6 milliard dollarlik 20 dan ziyod bitim va şartnomalarni amalga oşiriş yuzasidan aniq kelişuvlarga erişilganini yuksak baholadi.

Energetika, elektrotexnika, kimyo, toğ-kon, töqimaçilik, qişloq xöjaligi, farmatsevtika, çarm-poyabzal tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi uçun keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.

- Misr kompaniyalariga mamlakatimizda katta investitsiya dasturlarini birgalikda amalga oşiriş uçun barça imkoniyatlar oçiq, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Hamkorlikning istiqbolli yönalişlari va yangi ösiş nuqtalarini röyobga çiqariş yuzasidan fikr almaşildi. Qöşma loyiha va kelişuvlarni amalga oşirişni tez fursatda boşlaş böyiça takliflar bildirildi.

Misrning yetakçi kompaniyalari vakillari öz çiqişlarida Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarni yuqori baholadilar.

Bölayotgan yangilanişlar, iqtisodiyotning liberallaşuvi va qulay investitsiya muhiti yaratilgani Misr biznesining Özbekiston bozoridagi faoliyatini kengaytiriş uçun katta imkoniyatlar oçayotgani alohida qayd etildi.

Masalan, Elsewedy Electric kompaniyasi elektr energiyasi, transformatorlar va kabel mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça Misrdagi eng yirik korxona bölib, şamol va quyoş elektr stansiyalarini quriş, transformatorlar, kabel-sim mahsulotlari va qöşimça qismlarni işlab çiqariş böyiça qöşma loyihalarni işlab çiqişga tayyor.

Orascom Construction Özbekistonda industrial park yaratgan holda uning hududida lok-böyoq mahsulotlari va quriliş materiallari uçun kimyoviy moddalar işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş, şuningdek, 100 MVt quvvatli şamol elektr stansiyasini qurişdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantiriş borasida fikr-mulohazalari bilan bölişib, Misrning yirik sarmoyadorlari mamlakatimizni Markaziy Osiyo bozorlariga çiqiş uçun köprik sifatida körayotganlarini qayd etdilar.

Prezident Şavkat Mirziyoyev bildirilgan reja va taşabbuslarni qöllab-quvvatlab, Özbekiston tomonining mutasaddilariga taklif etilgan loyihalar ijrosi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlaş topşiriğini berdi.

Uçraşuv yakunida qöşma loyihalarni amalga oşiriş va savdo-investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytiriş böyiça qöşma “yöl xaritasi” qabul qilinişi belgilab olindi.