Uruş boşlanişi haqidagi eski bahonalar

Putin nutqini uruş boşlanişining özi töğri deb biladigan sabablarini keltiriş bilan boşladi.

«Har birimizning gardanimizda katta mas’uliyat turgan va tarixiy voqealar sodir bölayotgan uşbu murakkab davrda sizga murojaat qilyapman. 2014 yil Ukrainada sodir bölgan davlat töntarişidan keyin mamlakatni qölga olgan neonatsistlardan kelayotgan xavfni bartaraf etiş, öz tarixiy yerlarimizdagi odamlarimizni himoya qiliş uçun «maxsus harbiy amaliyot» boşlagandik. Bu borada oldimizda turgan maqsadlarni qadam-baqadam hal qilamiz. Donbass 2014 yildan buyon barçasiga çidab keldi va Rossiya yordamga borişini kutdi», deb söz boşladi Putin Ukraina şarqidagi hududlar tarixan Rossiyaga tegişli ekanini ta’kidlar ekan.

Rossiya prezidentining sözlariga köra, Donbassdagilar uzoq yil öz tilida gaplaşa olmagan va Ukraina tomonidan doimiy öqqa tutilgan. «Biz murakkab mojaroni tinç yöl bilan hal qiliş uçun qölimizdan kelganini qildik, toqat bilan muzokara ötkazdik, lekin orqavoratdan boşqaça narsalar tayyorlandi», dedi u.

Putinning aytişiça, Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari va jangovar samolyotlar beriş böyiça uruş boşlanişidan avvalroq muzokaralar boşlangan. «Ukraina yadro qurolini olişga intilganini ham unutganimiz yöq. Bu haqda oçiqçasiga aytişgandi. AQŞ va NATO çegaralarimiz yaqinida öz harbiy bazalarini tezlaştirib qura boşladi. Harbiy manyovrlar vaqtida göyoki bölajak harbiy amaliyotlar teatrini namoyiş etişdi. Bir söz bilan aytganda, Ukrainani katta uruşga itarişdi», dedi Rossiya prezidenti.

U AQŞ harbiy sohadagi kelişuvlardan çiqqaniga ham urğu berdi: «Ular qurollaniş böyiça fundamental kelişuvdan çiqqanini butun dunyo kördi. Masalan, örta va yaqin masofadagi raketalar böyiça kelişuvdan bir tomonlama çiqib ketişdi. Ular heç narsani şunçaki qilişmaydi», dedi Putin. AQŞ bu kelişuvdan sobiq prezident Tramp vaqtida çiqib ketgandi.

2021 yil oktyabr oyi avvalida AQŞ naşrlari mamlakat razvedkasidagi manbalariga tayangan holda Rossiya Ukraina bilan çegarada qöşinlarini töplayotgani haqida yozişdi. Keyinroq Rossiya TIV saytida mamlakatning göyoki Ukraina bilan uruşning oldini oluvçi «Tinçlik kelişuvi» e’lon qilindi. Unda Rossiya qator şartlarni keltirgan va bu narsa Ukraina hamda Ğarb tomonidan ultimatum deb qabul qilingandi.

Putin parlamentga murojaatida bu mavzuga yana bir bor töxtaldi: «2021 yil dekabr oyida AQŞ va NATOga xavfsizlik kafolati böyiça loyiha yubordik. Va biz uçun prinsipial bölgan mavzularda rad javobini oldik. Şu tariqa, uruşni ular boşlaşdi, biz esa öz imkoniyatimizdan foydalangan holda uni tugatamiz».

Putinning sözlariga köra, ötgan yil fevralida Donbassda qonli harakatlar boşlaş reja qilingan va şu sabab Rossiya «maxsus harbiy amaliyot» boşlagan: «Vaziyat keskinlaşa bordi, bizga kelgan ma’lumotlardan keyin fevralda Donbassda navbatdagi qonli harakat boşlaşga tayyorgarlik körilayotganiga heç qanday şubhamiz qolmadi. Lugansk, Donetsk va Donbassga hujum qilganlar keyingi nişon Qrim va Sevastopol bölişini bilgan. Va biz ham buni bilardik. Biz öz uyimizni himoya qilyapmiz, Ğarb esa çegarasiz hokimiyat xohlaydi. Ular Ukrainani qurollantirişga 150 milliard dollar sarflaşdi».

«Jinni çiroqdan çiqarib yuborişdi»

Foto: kremlin.ru

Putin Myunxendagi xavfsizlik böyiça konferensiya haqida ham gapirib, Ğarb oxirgi yillarda qilgan işlarini unuttiriş uçun bu anjumanda Rossiya manziliga bitmas-tuganmas tuhmatlar yoğdirilganini ta’kidladi: «Myunxen konferensiyasida Rossiya manziliga şunçalik köp tuhmatlar qilindiki, göyoki bu gaplar hamma kollektiv Ğarb oxirgi 10 yilda nimalar qilganini unutişi uçun aytilgandek. Axir ular «jinni çiroqdan çiqarib yuborişdi». Ötgan asrda Ğarb faşistlarga — Germaniya hukumatiga yöl oçdi, endi esa Ukrainadan Rossiyaga qarşi qayraşdi».

«Bugun Ukraina deb ataladigan yerlar»

Putin murojaati davomida Ukraina haqida gapirar ekan, uni «Bugun Ukraina deya atalayotgan tarixiy yerlarimiz» deb atadi: «Rossiyaga qarşi bunday işlar bugun boşlanib qolgani yöq va ular bir maqsadda qilingan – bugun Ukraina deb atalayotgan tarixiy hududlarimizni bizning davlatimizdan yulib oliş uçun. Bu işlar takrorlanib kelmoqda. Masalan, Ğarb 2014 yil qonli davlat töntarişini qöllab-quvvatladi».

«Hatto «taqir iblis»dan ham foydalanişmoqda»

Putin uruşda Ğarb istalgan guruhlardan foydalanayotgani haqida gapirar ekan «hatto taqir şaytondan ham» deb aytdi: «Ular Rossiyaga qarşi har qanday odamlardan foydalanişmoqda, terrorçilardan, Xudo keçirsin-u, hatto «taqir şayton»dan ham foydalanişmoqda».

Putin işlatgan «çert lisiy» sözi rus tilida «la’nati iblis» yoki «taqir iblis» ma’nosida işlatiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa Putin aytgan «çert lisiy» «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi asosçisi Yevgeniy Prigojinga ham mos tuşişi haqida hazil postlar paydo böldi.

«Biz Ukraina xalqi bilan uruşmayapmiz»

Putinning aytişiça, Rossiya ukrain xalqi bilan uruşmayapti, Ukraina hukumati esa Ğarbdagi xöjayinlari tomonidan egallab olingan. «Kiyev tuzumi Ğarbdagi egalari uçun begona yer. Bu tuzum milliy manfaatlar uçun emas, uçinçi tomonning manfaatlari uçun işlamoqda. Şuni aytişim kerakki, Ukrainaga qança uzoq masofaga möljallangan qurollar berilsa, biz xavfni şunça uzoqqa itarişga majbur bölamiz.

Ular Rossiyani strategik mağlubiyatga olib borişmoqda. Bu nima degani? Bizni yöqotib yuborişmi? Körib turganingizdek, gap bizning mavjudligimiz haqida ketmoqda va biz şunga yaraşa harakat qilamiz. Ğarb bizni jang maydonida yengib bölmasligini tuşungan holda bizga qarşi axborot uruşi olib bormoqda», dedi u.

«Millat sotqinlari»

Putinning aytişiça, bunday holatlarda doim sotqinlar bölgan va ulardan foydalanişgan: «Tabiiyki, Ğarb bizning jamiyatimizni tözğitişga harakat qiladi, bu yölda esa sotqinlardan foydalanişga harakat qiladi. Pul evaziga vatanini sotadiganlar doim topiladi. Sotqinlik qilib, vataniga qarşi terrorçilik va boşqa jinoyat sodir etadiganlar esa qonunga muvofiq jazolanadi».

Putin nutqi davomida köp marta «çin dildan ta’zim qilişi»ni aytdi. Xususan, harbiylarga, Rossiya egallab olgan yerlarda jang qilayotganlarga, harbiy işlab çiqaruvçilarga, qişloq xöjaligi xodimlariga va nihoyat «dunyoga haqiqatni yoyayotgan» harbiy muxbirlarga.

«YaIM 2,1 foiz kamaydi, vazir buni men aytişimni istadi»

Putin uruş haqida va Ğarbga qaratilgan uzundan uzoq ayblovlardan keyin Rossiya iqtisodiy hayoti haqida ham söz oçdi. Uning aytişiça, rossiyaliklar «bir yoqadan boş çiqargan» holda sanksiyalar va uruş şaroitida mamlakat iqtisodiyoti qulaşiga yöl qöymagan. Putin mamlakat yalpi içki mahsuloti 2,1 foiz kamayganini ham pozitiv kayfiyatda e’lon qildi: «YaIM 2,1 foizga kamaydi. Moliya vaziri buni men aytişimni istadi. Ha, pasayiş böldi, lekin fevralda bizning iqtisodiyotimiz barbod bölişini aytişgandi. Ğarbda iqtisodimiz 20-25 foizga kamayişi taxmin qilingandi. Inflatsiya biz kutgandek 4 yoki 5 foiz bölişi kutilmoqda va bu vaqtda Yevropa ittifoqining ba’zi davlatlarida bu körsatkiç 12,17 hatto 20 foizga teng bölgan».

«Deofşorizatsiya»

Putinning bu galgi nutqi ham «de-iboralar»siz ötmadi: «Biz biznesni «deoşforizatsiya», iqtisodiy jinoyatlarni «dekriminalizatsiya» qilişimiz kerak» dedi u.

Rossiya prezidenti Rossiyada biznes qilib topgan pullarini Ğarbga olib borib sarflayotgan tadbirkorlarni ham tanqid qildi: «Rossiyada işçi örni yaratiş örniga yirik tadbirkorlar pullarni Ğarbga olib borib sarflaşdi. Axir ularning bolalari va kelajakdagi rejalari ham öşa yerda edi. Endi esa Ğarb elitasi ulardan pullarini tortib oldi».

«Yadro qurollari bizga qaratilgan»

Putin nutqi oxirida yana uruş mavzusiga qaytar ekan AQŞ, Britaniya va Fransiyaning yadro qurollari Rossiyaga qaratilganini aytdi. AQŞ yadro sinovini ötkazgan taqdirda Rossiya ham bunday sinov ötkazişini aytdi va RF mudofaa vazirligi hamda «Rosatom»ga yadro sinoviga tayyorlanişni buyurdi. Putin mamlakatdagi harbiy aviabazalarga hujumga Ğarb davlatlari bevosita aralaşganini ham aytdi.

Putin nutqi oxirida murojaatidagi eng muhim bayonotini bildirib, Rossiya AQŞ bilan imzolangan strategik hujum qurollarini qisqartiriş böyiça kelişuvda iştirokini töxtatişini e’lon qildi. Putin bu borada gapirayotganda Rossiya kelişuvdagi iştirokini töxtatayotganiga urğu berib, mamlakat kelişuvdan çiqib ketmaganini ta’kidladi.

Putin murojaatining oxirgi 5 daqiqasini zaldagilar tik turib eşitişdi. RF prezidenti «vatanparvarlik ruhidagi» sözlari bilan ikki soatga yaqin davom etgan nutqini tugatdi. Zalda Rossiya madhiyasi yangragaç, murojaat yakunlandi.

Uning murojaati davomida zalda Putinni tinglab ötirganlar jami 53 marta qarsak çalişdi. Şulardan 4 martasida tik turib olqişlaşdi.

Siyosiy Telegram-kanallarda Putinning murojaati vaqti zalda mamlakatda uruşning ramziga aylangan insonlar – Ramzan Qodirov, Yevgeniy Prigojin va Sergey Surovikin yöqligiga e’tibor qaratdi. Lekin zalda Qodirovning işonçli kişisi, deputat Adam Delimxanov köp marta körsatildi. Şuningdek, operatorlar Rossiya egallab olgan Xerson viloyatining Rossiya tomonidan tayinlagan rahbari Vladimir Saldoni ham köp marta «qidirib topişdi».