Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti Parlament assambleyasining Venada bölib ötgan yiğilişida rossiyalik deputatlar Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşidagi roli uçun keskin tanqid qilindi.
23 fevral, payşanba kuni YeXHT Parlament assambleyasi raisi Margareta Sederfelt: «Ba’zi parlamentariylar jinoiy tajovuzning şeriklaridir» deb ma’lum qildi. U, şuningdek, rossiyalik hamkasblarini fuqarolik huquqlari, ommaviy axborot vositalari erkinligi va adolatli saylovlarga putur yetkazayotganlikda tanqid qildi.
YeXHTning joriy konferensiyasi Rossiyaning Ukrainaga qurolli bostirib kirişining bir yilligiga töğri keldi. Önlab davlatlar Rossiya delegatlariga kiriş vizasi bermaslikni talab qilişlariga qaramay, Avstriya Moskvadan töqqiz delegatga kirişga ruxsat berdi. Ulardan olti nafari Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida.
Rossiya vakillarining iştirok etişiga norozilik belgisi sifatida ukrainalik parlamentariylar YeXHT konferensiyasida iştirok etişdan boş tortdi. Şunga qaramay, ular ikki tomonlama muzokaralarda rossiyaliklarning YeXHT Parlament assambleyasi işidagi iştirokini töxtatib qöyiş maqsadida Venaga kelişgan.












