Rossiya harbiylarining Ukrainaga bostirib kirişi bir yilligi munosabati bilan AQŞ Moliya vazirligi yangi sanksiyalar paketini taqdim etdi. Bu haqda agentlik saytidagi press-relizda aytiladi. 

Röyxatga Rossiyaning 22 jismoniy va 83 yuridik şaxsi, şuningdek, Rossiyaning sanksiyalardan qoçişga urinişlari, jumladan, «qurol savdosi va noqonuniy moliyalaştiriş» bilan boğliq bölgan uçinçi davlatlarning 30 dan ortiq kompaniyalari kiritilgan. 

AQŞ Davlat departamenti ma’lumotlariga köra, Rossiyaning töqqiz nafar vaziri yangi sanksiyalarga tuşib qolgan, jumladan, energetika vaziri Nikolay Şulginov, madaniyat vaziri Olga Lyubimova, sport vaziri Oleg Matitsin, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vaziri Anton Kotyakov va favqulodda vaziyatlar vaziri Aleksandr Kurenkov. Röyxatda Rossiya hukumati raisining örinbosari Tatyana Golikova ham bor. 

Sanksiyalar röyxatiga «Skolkovo» texnoparki va unga aloqador kompaniyalar, «Moskovskiy kreditnyy bank», Lanta-bank, Metallinvestbank, Ms bank, «Levoberejniy bank», «Bank Sankt-Peterburg», «Primore bank», SDM-bank, «Uralskiy bank rekonstruksii i razvitiya», Uralsib, «Zenit» bank kiritildi. 

Şuningdek, rossiyalik tadbirkor Aleksandr Udodovga aloqador 14 kompaniya ham sanksiyalar ostiga ötdi. AQŞ Moliya vazirligi press-relizida u Rossiya boş vaziri Mixail Mişustinning sobiq kuyovi deb ataladi. « «Mişustinning özi va singlisi bilan biznes aloqalari bölgan». Udodov, şuningdek, qöşilgan qiymat soliği tuşumlarini manipulyatsiya qiliş va pul yuvişda ham gumon qilinmoqda. 

Şu bilan birga, Rossiya harbiy-sanoat majmuasi, aerokosmik sanoati va mikroelektronika işlab çiqaruvçilarining qator kompaniyalariga nisbatan ham sanksiyalar joriy etildi. 

Bundan taşqari, 10 martdan boşlab AQŞ Rossiyadan alyuminiy va alyuminiy mahsulotlari importiga 200 foizlik boj joriy etadi.