Moldova hukumati Rossiya vazirligining Dnestrböyida «Ukraina armiyasining provokatsiyasi» kutilayotgani haqidagi xabarlarini yolğon deb atadi. Moldova Mudofaa vazirligining 24 fevral, juma kuni e’lon qilingan bayonotiga köra, mintaqaga Ukrainadan töğridan töğri tahdid yöq.
«Mudofaa vazirligi mintaqada va Tiraspoldagi rejim nazorati ostidagi hududda sodir bölayotgan barça voqealar, harakatlar va özgarişlarni kuzatib boradi. Şuni ta’kidlaş kerakki, hozirda davlatning harbiy xavfsizligiga töğridan töğri tahdidlar yöq», - deyiladi respublika Mudofaa vazirligi xabarida. Ta’kidlanişiça, «ular boşqa barça davlat xavfsizlik idoralari bilan hamkorlikda işlamoqda».
«Tarqatilgan yolğon ma’lumotlar Dnestr daryosining ikki tomonidagi odamlarni vahima va sarosimaga soliş uçun möljallangan. Biz fuqarolarni xotirjam bölişga va ma’lumotni faqat rasmiy manbalardan olişga çaqiramiz», — deya ogohlantirdi vazirlik.
Rossiya Mudofaa vazirligi bir kun oldin «Ukraina armiyasining provokatsiyasi» rejalaştirilganligi sababli Dnestrböyida Rossiya tinçlikparvar kuçlariga tahdid borligi haqida bayonot berdi. Vazirlikning bildirişiça, Ukraina «Dnestrböyi Moldova Respublikasiga bostirib kirişga tayyorgarlikni kuçaytirgan». Avvalroq Rossiya harbiy idorasi Ukraina qöşinlari Dnestrböyi böylab «qurolli provokatsiya» tayyorlayotgani va bahona sifatida «ukrainalik diversantlar»ni rus askarlari qiyofasida kiyintirişni rejalaştirgani haqida xabar bergan edi.












