Bu yil tennis böyiça Uimbldon xalqaro turniriga Rossiya va Belarus sportçilari kiritilişi mumkin. Bu haqda Britaniyaning The Daily Telegraph gazetasi 3 mart, juma kuni xabar berdi.
«Barça taxminlar şuni körsatadiki, AELTC (Butunangliya maysa tennisi va kroket klubi) rossiyaliklar va belaruslar uçun qöyilgan taqiqni bekor qiladi», — deb ta’kidladi naşr.
SID sport axborot agentligi xabariga köra, ötgan yili Rossiyaning Ukrainadagi uruşi fonida joriy etilgan taqiq Britaniyaning «Katta dubulğa» turnirida 3 iyuldan 16 iyulgaça olib taşlanişi mumkin.
Professional tennisçilar assotsiatsiyasi (ATP) va Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) AELTC taqiqidan keyin Uimbldon-2022'da reyting oçkolarini öynamaslikka qaror qildi.
Rossiya va belaruslik sportçilarga ötgan yili Avstraliya, Fransiya va AQŞ oçiq çempionatida qatnaşiş uçun ruxsat berilgan edi.












