MDH Ijro qömitasi yiğilişida mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarini tibbiy suğurtalaş böyiça hamkorlik töğrisidagi Bitim loyihasi kelişib olindi. 

Loyiha Hamdöstlik mamlakatlari hududida mehnat migrantlari uçun majburiy tibbiy suğurtani joriy etişni nazarda tutadi. 

Loyiha Rossiya, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekiston vakillari iştirokida muhokama qilindi. Keyinçalik, loyiha Hamdöstlik Davlatlari hukumat rahbarlari kengaşiga körib çiqiş uçun kiritilişi rejalaştirilgan. 

Qonun loyihasi qabul qilinsa, Rossiyada mehnat qilayotgan MDH davlatlaridan kelgan migrantlar barça turdagi tibbiy yordam olişi uçun majburiy tibbiy suğurta joriy etiladi (hozirda ularga faqat şoşilinç tibbiy yordam bepul taqdim etilmoqda).