Rossiya bayroği ostidagi ikkita yuk kemasi yanvar oyi örtalarida Kaspiy dengizi orqali Erondan Rossiyaning Astraxan portiga 200 konteyner öq-dorilarni yetkazib berdi. Bu haqda AQŞ razvedkasidagi yuqori martabali manbaga tayanib, Sky News xabar bermoqda.
Uşbu kemalar 100 million öqotar qurollar uçun patronlar va 300 000 ga yaqin snaryadlarni yetkazib bergan bölişi mumkin, buning uçun Rossiya naqd pul tölagani aytiladi.
Xabar qilinişiça, Eron Rossiyaga 5,56 mm, 7,62 mm, 9 mm, 12,7 mm va 14,5 mm kalibrli patronlar, şuningdek, granatomyotlar uçun granatalar, raketa, minomyot va artilleriya snaryadlari yetkazib bergan.
Bundan taşqari, bortda 10 mingga yaqin zirhli jiletlar hamda dubulğalar bölişi mumkinligi xabar qilinmoqda.
Avvalroq Rossiya Ukraina poytaxti Kiyevga tahdidni kuçaytiriş uçun Bryansk viloyatidan Eronning Shahed kamikadze-dronlarini uçirişni boşlagandi.
Britaniya harbiy razvedkasiga köra, 27 fevralga ötar keçasi mamlakat havo hududida uçirilgan 14 ta Shahed dronidan 11 tasi urib tuşirilgan, ulardan töqqiztasi Kiyev yaqinida yöq qilingan.
«Hujum yönalişini hisobga olsak, bu Shahed uçuvçisiz uçoqlari, ehtimol, Bryansk viloyatidan uçirilgan bölişi mumkin. Avvalroq, 2022 yil dekabri örtalaridan boşlab dronlar faqat Krasnodar ölkasi, Azov dengiz orqali uçirilayotgandi», deb yozgan Britaniya Mudofaa vazirligi.












