Toşkent şahar IIBB holat yuzasidan qöşimça ma’lumot e’lon qildi.
Qayd etilişiça, IIBB xabari matnida noaniqlikka yöl qöyilgan. Aslida devor 1987 yilda qurilgan «Qariyalar oromgohi» çoyxonasi hududiga tegişli bölgan.
Joriy yilning 14 mart kuni taxminan soat 00:45 larda Olmazor tumani, Guruç-ariq köçasida balandligi 3 metr, uzunligi 14 metr bölgan devori qulab tuşgandi.
Poytaxt IIBB e’lon qilgan ma’lumotda aytilişiça, devor qulab tuşişiga poytaxtda kuzatilgan kuçli yoğingarçilik sabab bölgan.
Rasmiy xabarda hodisa oqibatida jarohat olganlar yöqligi aytiladi.












