2022 yil may oyidan beri Baxmut uçun janglarda Rossiya muntazam armiyasi va «Vagner» XHK 20 mingdan 30 000 minggaça askarlarini yöqotdi, bunda öldirilgan va yaralangan jangçilar soni hisoblangan, deb yozadi «Ukrinform» YeXHTdagi Britaniya delegatsiyasining katta harbiy maslahatçisi Yan Stabbsga tayanib.
«Rossiya Donbassdagi hujumlarini davom ettirar ekan, u juda oğir yöqotişlarga uçradi. Ötgan yilning may oyidan buyon birgina Baxmut mintaqasida 20 mingdan 30 minggaça «vagnerçilar» va Rossiya muntazam armiyasining askarlari halok böldi hamda yaralandi - bu jami taxminan 25 kilometr oldinga siljiş hisobga olinsa, katta insoniy yöqotişlar», - dedi Stabbs.
2023 yilning fevralidagi şiddatli janglar davomida Rossiya qöşinlari butun oy davomida bor-yöği 233,94 kvadrat kilometr maydonni egallab olişga muvaffaq böldi, bu Ukraina hududining 0,039 foiziga töğri keladi, deb yozadi Business Insider Amerika uruşni örganiş institutiga (ISW) tayanib.
ISW 14 mart kuni ma’lum qilişiça, ayni paytda, fevral oyida Rossiya özi avval e’lon qilgan yangi hujumni boşladi va kiçik yutuqlar evaziga minglab askarlari va köp sonli qurollarini yöqotmoqda. Öz hisob-kitoblarida tahlilçilar 31 yanvardan 28 fevralgaça bölgan kartografik ma’lumotlarga asoslangan.
Öz navbatida, War Mapper guruhining ta’kidlaşiça, fevral oyida Rossiya bosib olingan hududni 85 kvadrat kilometrga oşirdi, bu Ukraina butun hududining 0,01 foiziga teng. «Rossiya bu kiçik hududni minglab askarlari va harbiy texnikasini yöqotganidan keyin qölga kiritdi», deb ta’kidlaydi naşr.













