Özbekiston Mehnat vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining feysbukdagi sahifasida Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oşirişni istovçi fuqarolarni röyxatga oliş va anketa töldiriş jarayoniga oid e'lon berildi. Bu xabar linki agentlikning Telegram kanalida ham joylaştirildi, ammo rasmiy saytda hozirça bu haqida ma'lumot yöq.

"Sizga ma'lumki, Taşqi mehnat migratsiyasi masallari agentligi 2017 yilning 27-28-29-30 mart kunlari va 1-3 aprel kunlarida Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oşirişni istovçi fuqarolarni röyxatga oliş va anketa töldiriş jarayonini ötkazgan edi. 

Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi şuni ma'lum qiladiki, mazkur röyxatga oliş jarayonida yuz bergan jiddiy texnik uzilişlar, Koreyada mehnat faoliyati yuritişni istovçi talabgorlar bilimini sinaş jarayoni qatnaşçilar orasida köplab anglaşilmovçiliklar va noroziliklariga sabab bölganligi tufayli röyxatga oliş natijalari bekor qilinadi.

Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oşirişni istovçi fuqarolarni röyxatga oliş va anketa töldiriş jarayoni qaytadan yanada yuqori texnik imkoniyatlar va kiberhujumlardan muhofaza etilgan holda, yangiça mukammallaştirilgan tartibda qaytadan ötkaziladi.

Röyxatga oliş sanasi va tartibi haqida qöşimça ma'lumot beriladi", deyilgan e'londa.

Janubiy Koreya - qulflangan diyor. Migratsiya agentligining tört kunlik tomoşasi

Bundan oldinroq agentlik rahbari işdan ketgani, endi barçasi boşidan, röyxatga oliş jarayonidan boşlanişi kutilayotgani xabar qilingandi.