2023 yilning yanvar-fevral oylarida Özbekiston eksportida yuqori uluşga ega bölgan hamkor davlatlar töğrisida ma’lumot berildi.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga köra, körsatilgan davrda Özbekiston eksportida eng yuqori körsatkiç Rossiya bilan qayd etilgan – 454 mln dollar.
Undan keyingi örinlardan mos ravişda 222,7 mln hamda 184 mln dollar mahsulotlar eksport qilingan Turkiya va Xitoy joy oldi.
Uşbu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça körinişga ega:
- Qozoğiston – 158 mln;
- Qirğiziston – 129 mln;
- Afğoniston – 109 mln;
- Tojikiston – 70,5 mln;
- Fransiya – 60,3 mln;
- Pokiston – 30,3 mln;
- BAA – 29,3 mln AQŞ dollari.
Avvalroq Özbekiston taşqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar töğrisida ma’lumot berilgandi.
2023 yilning yanvar-fevral oylarida Özbekiston taşqi savdo aylanmasida Rossiya eng yuqori uluş bilan birinçi örinni egalladi– 1,4 mlrd dollar.
Undan keyingi örinlardan özaro taşqi savdo aylanmasi mos ravişda 1,3 mlrd dollar hamda 699 mln dollar bölgan Xitoy va Qozoğiston joy oldi.











